| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Trendlar8 daqiqada oʻqiladi560 marta oʻqildi

Global inqirozning mamlakatlar iqtisodiyotlariga va aholi daromadlariga salbiy taʼsiri

Bizning tahlillarimiz shundan dalolat beradiki rivojlanayotgan kichik mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yoʻqotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning oʻsish surʼati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga koʻtariladi, deydi professor Tursin Shodiyev.

Global inqirozning mamlakatlar iqtisodiyotlariga va aholi daromadlariga salbiy taʼsiri

2019 yil oxirida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo boʻlgan koronovirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi natijasida global inqiroz vujudga keldi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qiladigan boʻlib, uning iqtisodiyotga salbiy taʼsiri juda kuchli boʻlmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan boʻlsak, bu pandemiya yalpi talab (AD) va yalpi taklifga (AS), makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” (external shock) boʻlib oldingi iqtisodiy inqirozlardan koʻlami va zarari jihatidan katta farq qiladi.

Bu inqiroz dunyoning 185 mamlakatida birdaniga roʻy berdi. Yalpi taklif va yalpi talabga bir vaqtning oʻzida taʼsirini koʻrsatdi. Rivojlanib kelayotgan ochiq global iqtisodiyot va milliy iqtisodiyotlarni bir necha oyga yopiq shaklga aylantirdi. Koronovirus pandemiyasining jahon va mintaqaviy iqtisodiyotlarga salbiy taʼsirini aniqlash va uni yumshatish boʻyicha jahon iqtisodiy adabiyotlarida kam tajriba toʻplangan va mavzu tizimli tadqiq etilmagan. Ushbu maqolaning maqsadi koronovirus pandemiyasining jahon va mintaqaviy malakatlarga tarqalish oqibatlarini aniqlash boʻyicha qisman oʻrganish va respublikamizda uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora – tadbirlarning samaradorligini prognoz qilishga qaratildi.

Koronovirus pandemiyasigacha boʻlgan davrdagi iqtisodiyot

Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronovirus pandemiyasi boshlanganga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy oʻsishning surʼati oʻrtacha 3 foiz atrofida boʻlsa uning yuqori surʼatlari Xitoy, Tojikiston, Armaniston va Oʻzbekistonda, past surʼatlari AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan. Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan 20,6 AQSh dollari (ulushi 24,4 foiz), Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 (ulushi 15,6%), Germaniya 3,9 (4,6%), Buyuk Britaniya 2,8 (3,3%), Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 (1,9%) trillion dollarni tashkil etdi (1- jadval va 1-rasm).

Rasm -1. Jahon iqtisodiyoti va Oʻzbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy oʻsish surʼatlari dinamikasi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni 2017 – 2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan joriy yilni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atalgani va Davlat dasturining qabul qilinishi, barqaror iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligini oshirishda muhim dasturamal boʻlib xizmat qiladi.

1 - Jadval. Jahon iqtisodiyoti va Oʻzbekiston bilan iqtisodiy hamkor mamlakatlardagi 2018 yildagi holat

Mamlakatlar

Maydoni,ming kv.km

Aholi soni (mln. kishi)

YaMM (mlrd.dol)

Aholi jon boshiga daromad (dol )

AQSh

9831,6

327,2

20636,3

63080

Buyuk Britaniya

243,6

68,5

2777,4

41770

Germaniya

357,6

82,9

3905,3

47090

Rossiya

17098,3

144,5

1501,7

10230

Xitoy XR

9562,9

1392,7

13181,4

9460

Janubiy Koreya

100,3

51,6

1580,1

30600

Qozogʻiston

2724,9

18,3

147,6

8070

Oʻzbekiston

447,4

33,0

66,5

2020

Qirgʻiziston

200,0

6,3

7,7

1220

Tojikiston

141,4

9,1

9,2

1010

Turkmaniston

488,1

5,9

39,4

6740

Belorus

207,6

9,5

53,8

5670

Armaniston

29,7

3,0

12,5

4230

Turkiya

785,4

82,3

858,1

10420

Jahon boʻyicha

132025,2

7594,3

84478,9

11124

Manba: World Development Indicators. http://wdi.worldbank.org/table/WV.1, 2018

Koronovirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va Oʻzbekistonning yirik iqtisodiy sherik mamlakatlariga salbiy taʼsiri

Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy taʼsirlarini yumshatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronovirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar toʻgʻrisida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab – quvvatlashga doir qoʻshimcha chora - tadbirlar toʻgʻrisida “ gi Farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.

Farmonda koʻrsatib oʻtilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini toʻxtatish orqali misli koʻrilmagan choralar koʻrilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi boʻlgan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar taʼsir qilmoqda, bu esa oʻz navbatida ushbu holatning salbiy taʼsirlarini yumshatish boʻyicha samarali oldini oluvchi choralar koʻrishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va toʻqimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qoʻllab -quvvatlash va ularning barqarorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish zarur.

2 –jadval. Dunyoning mamlakatlariga koronovirus pandemiyasining tarqalishi

Mamlakatlar

20.04.2020ga virus yuqtirganlar soni, kishi

Jahondagi ulushi,%

YaIM ning ulushi,%

AQSh

740746

31,38

24,400

Buyuk Britaniya

120067

5,09

3,300

Germaniya

144124

6,11

4,600

Rossiya

47121

2,00

1,780

Xitoy XR

82735

3,51

15,600

Janubiy Koreya

10661

0,45

1,900

Qozogʻiston

1852

0,08

0,180

Oʻzbekiston

1657

0,07

0,080

Qirgʻiziston

568

0,02

0,009

Belorus

6264

0,27

0,001

Armaniston

1339

0,06

0,050

Turkiya

82329

3,49

0,100

Jami

2360337

52,51

52,000

Manba: Johns Hopkins University Center for Systems Science and Engineering. http://coronovirus.jhu.edu/

Raqamlar va ularning tahlili shuni koʻrsatmoqdaki globallashuv va integratsiyadan, ikki va koʻp tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha koʻp naf koʻrgan mamlakatlar koronovirus pandemiyasidan shunchalik koʻp zarar koʻrmoqdalar. Koronovirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda ular peshqadam boʻlmoqdalar (2 – jadval). Jumladan, AQSh da 2020 yil 20 aprel sanasiga 740 mingdan ortiq, Xitoyda 82,7 ming, Turkiyada 82,2 ming, Rossiyada 47,1 ming holatda koronovirus yuqtirganlar qayd etilgan. Chunki iqtisodiyotning salohiyati, savdo-sotiq munosabatlar, mamlakatlarning ochiqlik darajasi, tovarlar, investitsiya va turistlar oqimi oʻzaro kontaktlarining oshishiga va epidemiyaning keng tarqalishiga sabab boʻlgan. Nisbatan kam taraqqiy etgan va iqtisodiyoti ochiqligi past boʻlgan mamlakatlar (masalan Tojikiston va Turkmaniston) pandemiya tarqalishidan xoli boʻlmoqda. Tahlillar shuni taqozo qilmoqdaki mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bilan koronovirusga chalinganlarning ulushi oʻrtasida oʻzaro korrelyasion aloqadorlik ( R = 0,75) bor ekan, shuningdek, mamlakatlarning koronovirus pandemiyasidan iqtisodiy yoʻqotishlari ham epidemiyadan zaralanish ulushlariga bogʻliq. Quyidagi jadvalda koronovirus pandemiyasi salbiy taʼsirida mamlakatlarning iqtisodiy zararlari va aholi jon boshiga daromadlarining qanchalik pasayishi prognoz qilingan.

3- jadval. Koronovirus pandemiyasi salbiy taʼsirida iqtisodiy zararlar prognozi

Mamlakatlar

Jami iqtisodiy yoʻqotish,mlrd.$

Har oydagi yoʻqotishlar, mlrd. .$

Har bir aholiga yoʻqotish, $

AQSh

619,09

51,59075

1892,08

Buyuk Britaniya

83,32

6,9435

1216,38

Germaniya

117,16

9,76325

1413,26

Rossiya

45,05

3,75425

311,77

Xitoy XR

395,44

32,9535

283,94

Janubiy Koreya

47,40

3,95025

918,66

Qozogʻiston

4,43

0,369

241,97

Oʻzbekiston

2,00

0,16625

60,45

Qirgʻiziston

0,23

0,01925

36,67

Belorus

1,61

0,1345

169,89

Armaniston

0,38

0,03125

125,00

Turkiya

25,74

2,14525

312,79

Jahonda

2610,00

217,5

343,68

Manba: World Development Indicators. http://wdi.worldbank.org/table/WV.1, 2018 asosida muallif ishlanmasi

Jadval maʼlumotlariga nazar tashlasak aholi daromadlarining jon boshiga pasayishi AQShda (1892 dol), keyinchalik Germaniya (1413), Buyuk Britaniya (1216), Janubiy Koreya (918dol), Rossiya (311) va Xitoy (284dol)ga prognoz qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida umumiy yoʻqotish 2,1 mlrd. AQSh dollarida va jon boshiga 60 dollarga teng boʻladi. Aholi daromadlaridagi yoʻqotishlarni qoplash uchun baʼzi mamlakatlar pul tarqatishmoqda. Ammo Oʻzbekiston Respublikasi hukumati muqobil qaror qilib “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati orqali korxona va jamoat tashkilotlari kam taʼminlangan oilalarga xayriya tadbirlarini oʻtkazmoqdalar. Korxonalarning "Saxovat va koʻmak" umumxalq harakatida qatnashishi davlat tomonidan inqiroz yoʻqotishlarini tadbirkorlar zimmasiga tashlagani emas, balki bu harakat ayni yalpi talab tushib borayotgandagi holatni oʻnglashga qaratilgan harakatdir. Chunki yalpi taklif pasaygan davrda yalpi taklifni aholiga pul tarqatish orqali oshirish inflyasiyani oshiradi va aholi undan naf koʻrmasligi mumkin. Korxonalarning umumxalq xarakatida qatnashishi ularga naf keltiradi.

  • Birinchidan, korxona tovar yoki xizmatlarini (oldindan toʻplangan zaxiralarini talab tushib ketgan davrda sotish uchun reklama xarajatlarini qilishi kerak boʻlardi;

  • Ikkinchidan, korxonaning “Saxovat va koʻmak” umumxalq xarakatidagi ishtiroki xaridorlar, uning aholi oʻrtasidagi obroʻsi va imidjini oshiradi;

  • Uchinchidan, umumxalq harakatida qatnashish korxonalar oʻrtasidagi oldingi shakllangan zanjirband iqtisodiy aloqalarni jonlantiradi. Biznes yuritish faollashadi va toʻrtinchidan marketiing xarajatlari tejaladi, chunki ular kelgusida jozibador (consumer loyalty) isteʼmolchilar guruhini shakllantiradi va h.k.o

Kornovirus pandemiyasi tugagandan keyingi iqtisodiy tiklanish va rivojlanish

Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari taʼsir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yoʻlidan innovatsion yoʻnalishga oʻtkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes oʻrtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronovirus pandemiyasining taʼsirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan.

Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan kreditlarini soʻndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo sigʻimini pasaytirishni ragʻbatlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga boʻlgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qoʻshimcha qiymat sigʻimini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, oʻz – oʻzining bandligini taʼminlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda.

Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz taʼsiridan chiqgan inqirozgacha boʻlgan xolatni tiklab barqaror rivojlanish troyektoriyasiga oʻtishiga xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar oʻrtasidagi inqirozdan keyingi rivojlanish ssenariyalari munozorali boʻlib turibdi. Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi toʻgʻrisida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –shaklida (V-shape) boʻlishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning koʻrinishi yalpi taklif egri chizigʻining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga oʻtadi deganidir. Bizning tahlillarimiz shundan dalolat beradiki rivojlanayotgan kichik mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yoʻqotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning oʻsish surʼati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga koʻtariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi, Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun koʻproq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi.

Respublikamiz uchun koronovirus pandemiyasi taʼsiridagi iqtisodiy yoʻqotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va joriy yilda iqtisodiy oʻsish pasayib 1,2 – 1,4 foiz atrofida boʻlishi va keyingi yili esa qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida oʻsish surʼati 7,0 atrofida va undan yuqori boʻladi.

Tursun Shodiyev,

Toshkent xalqaro Vestminster universiteti kafedra mudiri,

iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ