Review.uz saytidagi O'zbekiston iqtisodiyoti yangiliklari - dolzarb iqtisodiy yangiliklar, O'zbekiston moliya va bank sohasidagi yangiliklar
925 ta material

Dollarning rasmiy kursi 13,30 soʻmga pasaydi
Oʻzbekistonda ketma-ket dollar kursi pasayishi kuzatilmoqda. Yevro kursi esa 232,36 soʻmga oshdi.

Oʻzbekiston davlatga gʻallani majburiy sotish rejasini 25 foizga qisqartirdi
Barcha gʻalla yetishtiruvchilar uchun davlat buyurtmasi kamaytiriladi. 2020 yil hosilidan boshlab davlat tomonidan don yetishtirish rejasini belgilash amaliyoti toʻliq bekor qilinadi.

Tarixiy hujjat imzolandi: Paxta boʻyicha majburiy davlat xaridlari bekor qilindi
Qarorga koʻra, davlat tomonidan paxta xom ashyosi ishlab chiqarish va sotish rejasini belgilash amaliyoti hamda paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi.

Markaziy bank: Koronavirus sababli asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank asosiy stavkaning yillik 16 foiz darajasi oʻzgarishsiz qoldirilishini tartibga solinadigan narxlarning kutilayotgan erkinlashtirilishi va koronavirus sabab tashqi iqtisodiy noaniqliklarning kuchayishi bilan izohladi.

Misrning farmatsevtik kompaniyasi Oʻzbekistonga 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi
Misrning Solyphar farmatsevtik kompaniyasi Oʻzbekistonda farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qariyb 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi.

Oʻzbekistonning oziq-ovqat bozorlaridagi narx-navolar
Oʻzbekiston hududidagi bozorlarda goʻsht 36 ming soʻmdan 70 ming soʻmgacha sotilmoqda. Guruch esa 3 800 soʻmdan 18 ming soʻmgacha.

Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri: Oʻzbekiston uchun xulosa va tavsiyalar
COVID-19 epidemiyasi iqtisodiyotning barcha sohalariga salbiy taʼsir qiladi, deydi ekspert Sergey Voronin

“Oʻzavtosanoat” joriy yildan boshlab yangi avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi
“Oʻzavtosanoat” va “Folksvagen Grup Rus” kelishuviga koʻra, 2020 yildan boshlab Jizzaxda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarila boshlaydi.

Bayramga aksiya boshlagan UzAuto Motors avtomobil sotishni vaqtincha toʻxtatdi
UzAuto Motors avtomobil sotishni vaqtincha toʻxtatgani haqida xabar tarqatdi. Qachondan yana mashinalar sotuvi yoʻlga qoʻyilishi kompaniya tomonidan eʼlon qilinadi.

Rossiyaning “Alfa-Bank” banki Oʻzbekistonning “Asaka” banki uchun kredit ajratdi
Rossiyaning “Alfa-Bank” banki Oʻzbekistonning “Asaka” banki uchun 12 va 18 oylik transhlar shaklida kredit ajratdi.

Oʻzbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
Oʻzbekistonda ketma-ket dollar kursi pasayishi kuzatilmoqda. Yevro kursi esa 159,66 soʻmga oshdi.

“QR-online” tezkor toʻlov xizmati ishga tushirildi
Ushbu tizim orqali savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari oʻzlariga xizmat koʻrsatadigan banklar orqali QR-kodni roʻyxatdan oʻtkazadi. Xaridorlar esa plastik kartochkasi yonida boʻlmagan vaqtida ham mobil ilova yordamida xaridni amalga oshira oladi.

Germaniya Oʻzbekistonning YeOIIga integratsiya jarayonida ishtirok etishini ijobiy baholadi
Germaniya siyosatini shakllantiruvchi guruhlari fikriga koʻra, Oʻzbekistonning yangi hududiy siyosati, qarama-qarshiliklar tobora ortib borayotgan dunyoning boshqa davlatlari uchun “mayoq” va “juda yaxshi misol” boʻlishi mumkin.

Yanvar oyida Oʻzbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 12,5 trln soʻmni tashkil etdi
2019 yilning yanvar oyiga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining oʻsish surʼatlari kuzatilib, nisbatan yuqori oʻsish surʼatlari Jizzax (9,3 foiz), Samarqand (7,4 foiz), Namangan (5,8 foiz), Fargʻona (5,3 foiz) viloyatlarida va Toshkent (5,0 foiz) shahrida qayd etildi.

Markaziy bank: Naqd pulsiz hisob-kitoblarni koʻpayishiga olib yagona vositachilik haqi joriy etiladi
2 martdan boshlab barcha savdo va xizmat koʻrsatish subʼyektlari uchun oʻrnatilgan toʻlov terminallari infratuzilmasida savdo tushumining 0,2 foizi miqdorida vositachilik haqi kiritilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

1 iyuldan Oʻzbekistondagi barcha yangi qurilgan uylar narxi oshadi
15 foiz QQS miqdori respublikadagi barcha yangi qurilgan uylarga taʼsir qiladi. Toshkent shahrida QQS qoʻshilganda uylarning har bir metr kvadratining narxi oʻrtacha 600 ming soʻmga oshadi.

Rosgeologiya Oʻzbekistonga yangi neft va gaz konlarini ochishda yordam beradi
Rosgeologiya Oʻzbekistonda geologik modelni aniqlashtirish, neft va gaz qazish istiqbollarini oʻrganish va uglevodorod potensialini yangi konlarning ochilishi uchun geologorazvedkani keyingi yoʻnalishlarini asoslash bilan baholash boʻyicha ishlarni olib boradi.

Oʻzbekistonda oltinni erkin sotishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi maʼqullandi
Ushbu loyihaning qabul qilinishi sohada bir qator ijobiy natijalarni beradi. Jumladan, mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirishning mustahkam huquqiy asosi yaratiladi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 80 foizgacha qisqaradi
Iqtisodiyotda davlat ishtiroki xususiy sektorda muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda kamaytiriladi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston 500 million dollar boʻlgan shartnomani imzoladi
Urganch shahrida boʻlib oʻtgan II hududlararo forumda Qozogʻiston va Oʻzbekiston vakillari umumiy qiymati 500 million dollar boʻlgan 52 ta shartnomani imzolagan.

Yanvar oyida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,9 mlrd dollarni tashkil etdi
2020 yil yanvar oyida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 33,7 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasining oʻtgan yilga nisbatan oʻsishi 9,1 foizni tashkil etdi.

Berlinda Oʻzbekistonning JST va YeOIIga integratsiyasi hamda YeI bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Germaniyaning ishbilarmon doiralari Oʻzbekistonda valyuta bozori liberallashtirilishi, davlatning iqtisodiyotdagi rolining kamayishi, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi saʼy-harakatlarini maʼqullashdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida YuNKTAD / JST xalqaro savdo markazi vakolatxonasi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi
Uchrashuv davomida XSM missiyasi vakillari JSTga aʼzo boʻlish uchun Oʻzbekistonga zarur texnik yordam koʻrsatish boʻyicha kelishuvni toʻliq amalga oshirishga tayyor ekanliklarini taʼkidladi.

Toshkentda Fransiyaning «Le Kordon Blyu» oliy maktabining filiali ochilishi mumkin
Oʻzbekiston va Fransiya Respublikalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik rivojlanib bormoqda. Shunday hamkorliklardan biri «Le Kordon Blyu» mehmonxonasi bilan yoʻlga qoʻyilmoqda.

“Toshkent-Kiyev” avia va "Toshkent-Xarkov" temir yoʻl qatnovi tiklanishi mumkin
Oʻzbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.
