Yanvar oyida Oʻzbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 12,5 trln soʻmni tashkil etdi
2019 yilning yanvar oyiga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining oʻsish surʼatlari kuzatilib, nisbatan yuqori oʻsish surʼatlari Jizzax (9,3 foiz), Samarqand (7,4 foiz), Namangan (5,8 foiz), Fargʻona (5,3 foiz) viloyatlarida va Toshkent (5,0 foiz) shahrida qayd etildi.

2020 yil yanvar oyining yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 12,5 trln. soʻmni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 4,4 foizga oʻsdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistondagi yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1,8 trln. soʻmni (oʻsish surʼati 4,6 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining tovar aylanmasi 10,6 trln. soʻmni (oʻsish surʼati 4,3 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 904,4 mlrd. soʻmni (2019 yil yanvar oyiga nisbatan 3,4 foizga kamaygan) tashkil etdi.
Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulush Toshkent shahrida - 22,9 foiz bilan 2,8 trln. soʻm. Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Sirdaryo viloyati 1,8 foiz bilan 225,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Respublika chakana savdo tovar aylanmasida deyarli barcha viloyatlarda oʻsish surʼatlari kuzatilib, asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari hissasiga (85,5 foiz) toʻgʻri keldi. Yirik korxonalar savdo aylanmasi ulushida (14,5 foiz) korxonalar ulgurji savdoga oʻtib ketayotganligi sababli oʻtgan oyga nisbatan keskin kamayish kuzatildi.
2019 yilning yanvar oyiga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining oʻsish surʼatlari kuzatilib, nisbatan yuqori oʻsish surʼatlari Jizzax (9,3 foiz), Samarqand (7,4 foiz), Namangan (5,8 foiz), Fargʻona (5,3 foiz) viloyatlarida va Toshkent (5,0 foiz) shahrida qayd etildi.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 4,6 foizga oʻsdi va 1,8 trln. soʻmni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 14,5 foiz ulushiga toʻgʻri keladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga koʻra, 10,6 trln. soʻmni tashkil etib, 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 4,3 foizga oʻsdi. Respublika miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 85,5 foizni tashkil etdi.
Tahliliy natijalarga koʻra, chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining ulushi boʻyicha Qashqadaryo (96,8 foiz), Sirdaryo (95,0 foiz), Toshkent (90,4 foiz), Navoiy (88,8 foiz) va Namangan (87,9 foiz) viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 15,7 foizni tashkil etib, eng katta ulush Toshkent shahrida (29,7 foiz), Xorazm (23,3 foiz) va Buxoro viloyatlarida (14,8 foiz) kuzatildi.
2020 yil yanvar oylari holatiga oʻrtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 372,6 ming soʻm (2019 yil yanvar oyiga nisbatan 2,4 foizga oʻsdi) va respublikaning barcha hududlarida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi koʻrsatkichlarida oʻsish surʼatlari kuzatildi.
Ushbu koʻrsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqorisi Toshkent shahri (1,1 mln soʻm), Toshkent (460,9 ming soʻm) va Navoiy (423,6 ming soʻm) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Respublika boʻyicha 2020 yilning yanvar oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 904,4 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2019 yil yanvar oyiga nisbatan 3,4 foizga kamaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

