| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi137 marta oʻqildi

Misrning farmatsevtik kompaniyasi Oʻzbekistonga 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi

Misrning Solyphar farmatsevtik kompaniyasi Oʻzbekistonda farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qariyb 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi.

Misrning farmatsevtik kompaniyasi Oʻzbekistonga 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi

4 mart kuni Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov va Misrning Solyphar farmatsevtik kompaniyasi rahbari Umar Abd al-Alim oʻrtasida “Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida maxsus loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.

Loyiha uch bosqichda, 80 ming kvadrat metr maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarishga qariyb 20 mln. dollar investitsiya yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

4 mart kuni Misr farmatsevtika kompaniyasi vakili bilan Oʻzbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev oʻrtasida uchrashuv ham boʻlib oʻtdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ