Review.uz saytidagi O'zbekiston iqtisodiyoti yangiliklari - dolzarb iqtisodiy yangiliklar, O'zbekiston moliya va bank sohasidagi yangiliklar
925 ta material

Mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi
Jismoniy shaxslarga 50 mln. soʻmdan oshmaydigan miqdorda mikroqarz beriladi.

Oʻzbekiston banklarida dollar kursi qanday?
Dollar sotib olish yoki sotish istagida boʻlganlar banklardagi kurslar bilan tanishib chiqadi. Oʻzbekistondagi banklarda 1 AQSH dollari 9530 soʻmgacha sotib olinmoqda va 9530 soʻmdan sotilmoqda. Qaysi bankda 1 AQSH dollarining kursi qanday ekanligi bilan quyidagi maʼlumotda tanishing.

Jahon bozorida neft narxi oshishni boshladi
Neftning jahon narxlari tiklanmoqda. Savdolar maʼlumotlariga koʻra, Brent va WTI narxi besh foizdan oshiqroqqa oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yilgi “Iqtisodiy erkinlik” indeksidagi oʻrni koʻtarildi
“The Heritage Foundation”nufuzli iqtisodiy tahlil markazi tomonidan 180 ta davlatning “Iqtisodiy erkinlik” indeksi 1995 yildan buyon tahlil qilinadi. Indeksning 2020 yil uchun hisobotida Oʻzbekiston 57,2 ball bilan oʻz oʻrnini koʻtargan.

Markaziy bank: Kreditning asosiy qarzini qaytarish muddati uzaytiriladi
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin boʻlgan kredit risklari taʼsirini yumshatish choralari yuzasidan Markaziy bank maʼlumot berdi.

Halqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) koronovirus tarqalishi oqibatida yuzaga keluvchi iqtisodiy inqirozni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalarini bermoqda
Jahon iqtisodiyoti barqarorligini saqlab qolish uchun davlatlar tomonidan qoʻshimcha fiskal qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish zarur. Har bir davlat kasallikning tarqalishidan zarar koʻrgan fuqarolar va biznes vakillariga kasallik boʻyicha toʻlanuvchi kompensatsiyalarni koʻpaytirish va targetlashgan soliq imtiyozlarini berish orqali yordam berishini davom ettirishi kerak.

AQSh Federal zaxira tizimi stavkalarni nolgacha tushirdi
Federal zaxira tizimi, shuningdek, banklarga «diskont oyna» deb nomlanuvchi toʻgʻridan-toʻgʻri kredit berish shartlarini ham oʻzgartirgan (xuddi 2008 yilgi inqirozdagi kabi). Ushbu kreditlar stavkasi birdaniga 1,5 foiz punktiga — asosiy stavka esa — 0,25 foizga pasaytirilgan. Bu diskont stavkalarining tarixiy minimum hisoblanadi (hatto 2008—2009 yillarda 0,5 foizni tashkil etgan). Bundant ashqari FZT bu turdagi zayomlar muddatini bir kundan 90 kunga qadar uzaytirdi.

Oʻzbekistonda dollar kursi qariyb 20 soʻmga koʻtarildi
Ketma-ket tushib borayotgan dollar kursi 17 martdan 19,80 soʻmga qimmatladi. Yevro, rubl, tengi kurslarida tushish kuzatilgan.

Koronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun taʼsir koʻrsatmaydi
16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida shaxslar va yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilindi. Mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yoʻl, daryo transportlarida yuk tashish bilan shugʻullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas.

Dunyo boylari koronavirus sabab katta miqdorda pul yoʻqotdi
Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrilgan. Bunday holat sakkiz yil davomida ilk marta kuzatilgan.

Tahlilchi Klement Graf kelgusi ikki yilda dollar-rubl kursi qanday boʻlishini bashorat qildi
Shu yilning II va III chorak davomi dollar 75 rubl kursida boʻladi, keyingi yilda esa dollar kursi 68 rubl atrofida boʻladi. 2,5 yildan coʻng dollar kursi 61 rubl boʻladi.

Koronavirusning global iqtisodiyotga taʼsiri qanday baholanmoqda?
Koronavirus global iqtisodiy inqiroz xavfini vujudga keltirdi. Ekspertlarning fikriga koʻra, kelgusi 12 oy ichida global iqtisodiy inqirozni vujudga kelishi ehtimoli 43 foizga teng.

Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida GES qurishni muhokama qildi
Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt ga teng ikkita GES qurish masalasini oʻrganib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 avgustda imzolangan Qoʻshma bayonotida koʻzda tutilgan.

Oʻzbekistondagi 500 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi
Jahon banki Oʻzbekistonda suv taʼminoti tizimini rivojlantirish uchun 239 mln. dollar ajratadi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Oʻzbekistonning uchta hududidagi aholisi yanada sifatli suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalana olishi kutilmoqda.

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sektoriga yordam koʻrsatish uchun 40 million yevro ajratdi
YeIning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stiprays mazkur byudjet yordami Qishloq xoʻjaligi vazirligi va mamlakat hukumatiga sektorni modernizatsiya qilish va islohotlarni tezlashtirishga yordam berishini taʼkidladi.

Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmita: UzAuto Motors monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan holda korxona tomonidan isteʼmolchi huquqlarini kamsitgan
Eksportga yoʻnaltiriladigan Ravon R2 (Spark), Ravon R3 (Nexia), Ravon R4 (Cobalt) Rossiya bozorlarida chegirmalar bilan sotilmoqda, bu esa ichki narxlar bilan 20-50 foizgacha tafovut qilmoqda. Solishtirish uchun, «AvtoVAZ» AJ (Rossiya) mahsulotlarining ichki bozordagi narxlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi narxlaridan 30-40 foizga arzon.

Markaziy bank Oʻzbekistonning xalqaro zaxirasi miqdorini maʼlum qildi
Markaziy bank tomonidan Oʻzbekistonning xalqaro zaxirasi miqdori ochiqlandi. Xalqaro zaxiralarning tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

UzAuto Motors avtomobillar narxlari nima uchun koʻtarilganligiga izoh berdi
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillar narxlarining koʻtarilishini Oʻzbekistonda soliqlarning koʻtarilishi bilan izohladi. Shuningdek, 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. soʻm soliq toʻlagan boʻlsa, joriy yil uchun esa ushbu koʻrsatkich 4,2 trln. soʻmni tashkil qilishi kutilmoqda, deyilgan xabarda.

Oʻzbekistondagi 6 ta bank online-kredit berishni yoʻlga qoʻydi
Oʻzbekistondagi 6 ta bank mobil ilovalari orqali onlayn mikroqarz berishni yoʻlga qoʻygan. Bu kreditni olish uchun bankga hech qanday hujjat topshirilmaydi.

Coca-Cola Oʻzbekistonga investitsiya kiritmoqchi
Coca-Cola kompaniyasi 2020—2021 yillarda Oʻzbekistonga 31 million dollar miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan.

"Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
"Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga oid qismi 15 ta boʻlim, va 96 bandni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekistonda yangi raqamli bank tashkil etiladi
Oʻzbekistonda “ANOR BANK” AJ ruxsatnoma oldi. Bank Toshkent shahrida tashkil etilishi kutilmoqda.

Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun qaysi banklarga murojaat qilish lozim?
Birlamchi bozordagi koʻp kvartirali uylardan xonadon sotib olish istagida boʻlgan fuqarolar yangi tartibga koʻra ipoteka kreditlari olish uchun 14 ta tijorat banklariga murojaat qilishlari mumkin.

Jamshiz Qoʻchqorov: Xalqaro tovar va moliya bozorlarida yuzaga kelgan vaziyat soʻmning almashuv kursiga taʼsiri hozircha neytral
Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov gaz narxining pasayishi eksport tushumlariga salbiy taʼsir koʻrsatishini maʼlum qildi.

UzAuto Motors mashina narxlarini koʻtardi
Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar narxi oʻrtacha 15-20 foizga oshdi.
