| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi314 marta oʻqildi

Dunyo boylari koronavirus sabab katta miqdorda pul yoʻqotdi

Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrilgan. Bunday holat sakkiz yil davomida ilk marta kuzatilgan.

Dunyo boylari koronavirus sabab katta miqdorda pul yoʻqotdi

2020 yilda Top-500 talikka kiruvchi dunyoning eng badavlat insonlari koronavirus tarqalishi hamda neft narxining tushib ketishi sababli qariyb 1 trillion dollar yoʻqotgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

12 mart kuni dunyoning eng badavlat 500 insoni yoʻqotgan mablagʻlar miqdori 331 milliard dollarni tashkil etgan. Bu agentlikning eng boy odamlari reytingidagi sakkiz yillik tarixida kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayish hisoblanadi.

Yil boshidan buyon Top-500 ga kiruvchi biznesmenlar jami 950 milliard dollar (umumiy mablagʻlarining 16 foizi) yoʻqotgan.

2020 yil boshida dunyoning eng badavlat insonlarining umumiy boyligi 6,1 trillion dollarga baholangan edi.

Ushbu mablagʻlar koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan qoʻrquv hamda neft narxining tushib ketishi oqibatida yoʻqotilgan.

Bu kabi yoʻqotishlar birinchi navbatda Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyai rahbari Bernar Arnoga taʼsir qildi. U 9,5 milliard dollaridan ayrilgan. Shuningdek, Amazon asoschisi Jeff Bezos (8,1 milliard dollar), Microsoft asoschisi Bill Geyts (6,9 milliard dollar) yoʻqotgan.

Top-500 reytingiga kiruvchi rossiyalik tadbirkorlar bir kun ichida 15,4 milliard dollaridan ayrilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ