| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi232 marta oʻqildi

Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida GES qurishni muhokama qildi

Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt ga teng ikkita GES qurish masalasini oʻrganib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 avgustda imzolangan Qoʻshma bayonotida koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida GES qurishni muhokama qildi

Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish va uni ekspluatatsiya qilish tartibi va ulushbay ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi Hukumatlararo Bitim loyihasini muhokama qilishda davom etmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Oʻzbekiston – Tojikiston ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi mart oyida Dushanbe shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt ga teng ikkita GES qurish masalasini oʻrganib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 avgustda imzolangan Qoʻshma bayonotida koʻzda tutilgan.

Gidroelektrstansiyalarni bosqichma bosqich qurish rejalashtirilgan: avvaliga qiymati 282 mln doll. ga teng, quvvati 140 MVt tashkil etuvchi hamda 700-800 mln kVt-saot elektroenergiya ishlab chiqaruvchi Yovon GESi qurilishi koʻzda tutilmoqda.

Navbatdagi bosqichda tomonlar Fandaryoda qiymati 270 mln doll. ga teng, quvvati 135 MVt ni tashkil etuvchi hamda 500-600 mln kVt-soat elektroenergiya ishlab chiqaruvchi GES qurilishi moʻljallangan.

Loyihani moliyalash xalqaro moliyaviy tashkilotlarning qarz va grant mablagʻlari, shuningdek tomonlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Qurilgan gidroelektrostansiyalar faqat Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun 1400 mln kVt.s ekologik sof elektr energiya ishlab chiqaradi.

Shuningdek loyiha yagona energo tizimni qoʻllab-quvvatlashga hamda GES ni birga qurish va ulardan foydalanish jarayonida qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishga, shuningdek elektr energiyani teng asosda Oʻzbekiston va Tojikistonga yoʻnaltirishga koʻmaklashadi.

Ilk bor Tojikiston tomonidan taqdim qilingan Zarafshon daryosida GES qurilishida ulushbay ishtirok etish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim loyihasi 2019 yil 24 aprelda Oʻzbekistonning manfaatdor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqildi.

2020 yil 28-29 yanvar kunlari Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Zarafshon daryosi havzasida GES qurish va uni ekspluatatsiya qilish tartibi va ulushbay ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi Hukumatlararo Bitim loyihasini muhokama qilish boʻyicha Oʻzbekiston – Tojikiston ishchi guruhining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Qoʻshma ishchi guruhning navbatdagi majlisida investitsiyalarni himoya qilish va xatarlar darajasiga taʼsir etuvchi Oʻzbekiston tomonidan kiritilgan oʻzgarishlar, bahsli masalalarni koʻrib chiqish mexanizmi, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini Oʻzbekiston tomonidan xarid qilish tartibi va boshqalar muhokama qilinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ