| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi657 marta oʻqildi

Koronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun taʼsir koʻrsatmaydi

16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida shaxslar va yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilindi. Mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yoʻl, daryo transportlarida yuk tashish bilan shugʻullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas.

Koronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun taʼsir koʻrsatmaydi

Bugungi kunda jahonning 118 tadan ortiq mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan boʻlib, infeksiya bilan bogʻliq xalqaro epidemik vaziyatdan kelib chiqib, respublikamiz hududiga koronavirus kirib kelishi, tarqalishi hamda aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida, bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 15 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida mazkur masalaga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda 2020 yilning 16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida shaxslar va yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Mazkur yigʻilish tafsilotlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganidan soʻng, ayrim tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi fuqarolar tomonidan eksport-import tartibida transport vositalarida tashilayotgan yuklar ham chegaradan oʻtkazilmas ekan-da degan ortiqcha xavotirlar bildirilmoqda.

«Shuni alohida taʼkidlash joizki, mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yoʻl, daryo transportlarida yuk tashish bilan shugʻullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas».

Chegara oʻtkazish hududlarida mazkur tashuvlarni amalga oshirayotgan shaxslar va ularning transport vositalari tegishli tartibda tekshiruvlardan oʻtkazilib, respublikamiz orqali harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tovarlarning tashqi savdo hajmi 4,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Shuningdek, respublikamizga jami 36 096 ta avtotransport vositalarida 671,5 ming tonna tovarlar tashuvi amalga oshirilgan.

Temir yoʻl orqali esa 1 164 ta vagonlarda 79,6 ming tonna tovarlarlar olib kelingan.

Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona organlari faoliyatiga doir xolis va haqqoniy xabarlarni eʼlon qilishda ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari bilan oʻzaro hamkorlikka doimo tayyor ekanligini maʼlum qiladi.

Shu bilan birga, mazkur masalalarga oid har qanday murojaatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tunu-kun faoliyat koʻrsatuvchi 11-08 raqamli ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

Jumladan, eksport 1 mlrd. dollarni, import esa 3,5 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ