| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi11 908 marta oʻqildi

Oʻzbekistondagi 6 ta bank online-kredit berishni yoʻlga qoʻydi

Oʻzbekistondagi 6 ta bank mobil ilovalari orqali onlayn mikroqarz berishni yoʻlga qoʻygan. Bu kreditni olish uchun bankga hech qanday hujjat topshirilmaydi.

Oʻzbekistondagi 6 ta bank online-kredit berishni yoʻlga qoʻydi

"Bank va Mijoz" telegram kanalining yozishicha, ushbu xizmatdan asosan bankning mijozlari (ish haqi loyihasi boʻyicha bankda karta ochganlar) foydalanishi mumkin. Qarz oluvchilar bank ofislarida identifikatsiyadan oʻtgan boʻlishlari lozim.

Ipoteka-bank:

  • mikroqarz miqdori – 22,3 mln.soʻmgacha (qarz oluvchi oʻrtacha oylik daromadining 3 baravarigacha);

  • muddati – 12 oygacha;

  • foizi – yillik 32 %.

Ipak yoʻli bank:

  • mikroqarz miqdori – 20 mln.soʻmgacha;

  • muddati – 12 oygacha;

  • foizi – yillik 39,9 %.

Sanoatqurilish bank:

  • mikroqarz miqdori – 22,3 mln.soʻmgacha (qarz oluvchi oʻrtacha oylik daromadining 3 baravarigacha);

  • muddati – 12 oygacha;

  • foizi – yillik 31,9 %.

Agro bank:

  • mikroqarz miqdori – 2 mln.soʻmgacha, kafillik bilan 5 mln.soʻmgacha;

  • muddati – 12 oygacha;

  • foizi – yillik 36%.

Turon bank:

  • mikroqarz miqdori – 2,2 mln.soʻmgacha;

  • muddati – 3 oygacha;

  • foizi – yillik 36%.

Aloqabank:

  • mikroqarz miqdori – 2,2 mln.soʻmgacha;

  • muddati – 1 oy;

  • foizi – kunlik 0,3%.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ