Jahon bozorida neft narxi oshishni boshladi
Neftning jahon narxlari tiklanmoqda. Savdolar maʼlumotlariga koʻra, Brent va WTI narxi besh foizdan oshiqroqqa oshdi.

Ria Novostining xabar qilishicha, WTI navi uchun aprel fyucherslari 5,10 foizgacha koʻtarilib, bir barrel uchun 30,48 dollarni tashkil etmoqda. Brent navining may fyucherslari 5,23 foizga oʻsib, bir barrel uchun 31,17 dollarni tashkil etdi.
Vaholanki, kecha Brent narxi birdaniga 12% dan oshiqroqqa arzonlab, bir barrel uchun 30 dollarga tushib ketib va 4 yillik eng past koʻrsatkichni yangilagan edi. WTI narxi 10 foizga pasaydi.

Rosgeologiya Oʻzbekistonga yangi neft va gaz konlarini ochishda yordam beradi
Dunyo fond birjalarida neft narxlari atrofidagi vaziyatga koronavirus epidemiyasi sabab boʻlgan beqarorlik taʼsir koʻrsatmoqda. Neft savdogarlari koʻrilayotgan choralar dunyo iqtisodiyotidagi retsessiyani va neft qazib olishdagi vaziyatni oldini olmaydi, degan hadikda (6 mart kuni OPEK+ davlatlari uni kamaytirish uchun bitimni uzaytirishga kelisha olishmadi).
AQSH Federal Rezervi va Yaponiya markaziy banki pul-kredit siyosatining yangi yumshatilishini eʼlon qildi. Avvalroq, qoʻllab-quvvatlash choralari Xitoy, Buyuk Britaniya va yevro hududi markaziy banklari tomonidan eʼlon qilingan edi. Bundan tashqari, YETSB (Yevropa Markaziy Banki) inqiroz davrida kredit berishni qoʻllab-quvvatlash uchun 100 milliard yevroga yaqin bank mablagʻlarini chiqardi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

