Halqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) koronovirus tarqalishi oqibatida yuzaga keluvchi iqtisodiy inqirozni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalarini bermoqda
Jahon iqtisodiyoti barqarorligini saqlab qolish uchun davlatlar tomonidan qoʻshimcha fiskal qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish zarur. Har bir davlat kasallikning tarqalishidan zarar koʻrgan fuqarolar va biznes vakillariga kasallik boʻyicha toʻlanuvchi kompensatsiyalarni koʻpaytirish va targetlashgan soliq imtiyozlarini berish orqali yordam berishini davom ettirishi kerak.

Koronovirusning milliy va global iqtisodiyotga taʼsirini yumshatish maqsadida davlatlar tomonidan turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. XVF ham global moliya tizimining barqaror ishlashi uchun maʼsul institut sifatida davlatlar uchun iqtisodiy yoʻqotishlarni yumshatishga qaratilgan tavsiyalarini bermoqda.
“COVID-19ni barataraf etish ijtimoiy uzoqlashuv va karantin tadbirlari toʻgʻri yoʻl boʻlsa, global iqtisod uchun esa, aksincha, oʻzaro hamkorlik juda muhim”, deydi Jamgʻarma ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva.
Shu maqsadda, jamgʻarma butun dunyo mamlakatlarini birgalikda harakat qilib, virusning global iqtisodiyotga taʼsirini kamaytirishga chaqirmoqda.

Koronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun taʼsir koʻrsatmaydi
K. Georgiyeva fikricha, jahon iqtisodiyoti barqarorligini saqlab qolish uchun davlatlar tomonidan quyidagi chora-tadbirlarni jadallashtirish maqsadga muvofiq:
Birinchidan, qoʻshimcha fiskal qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish zarur. Har bir davlat kasallikning tarqalishidan zarar koʻrgan fuqarolar va biznes vakillariga kasallik boʻyicha toʻlanuvchi kompensatsiyalarni koʻpaytirish va targetlashgan soliq imtiyozlarini berish orqali yordam berishini davom ettirishi kerak.
Alohida davlatlarning bunday chora-tadbirlaridan tashqari, virus tarqalishda davom etar ekan, jahon iqtisodi uchun kundan kunga global, oʻzaro hamkorlikdagi fiskal qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish zaruriyatga aylanmoqda. 2008 yilgi Jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida G20-davlatlari tomonidan amalga oshirilgan stimul miqdori 900 mlrd. AQSh dollari (global YaIMning 2 foizini) tashkil etgan. Shunday ekan, bu borada davlatlar birgalikda harakat qilishi kerak.
Koronavirusning global iqtisodiyotga taʼsiri qanday baholanmoqda?
Ikkinchidan, rivojlangan davlatlarda Markaziy banklar yalpi talabni kuchaytirish va ishochni tiklash uchun moliyaviy (kredit) holatni yumshatishda davom etishi va real iqtisodiyotda pul oqimlarining barqarorligini taʼminlashi zarur.

Oʻtgan inqirozda oʻz samarasini bergan chora-tadbirlar hukumatlar uchun qoʻllanma sifatida ishlatilishi mumkin. Kuni kecha, yirik Markaziy banklar juda muhim boʻlgan oʻzaro hamkorlikdagi qarorni qabul qildi va globalmoliya bozordagi holatni yumshatish maqsadida valyuta svop operatsiyalarini ishga tushirdi. Kelgusida, svop operatsiyalarini rivojlanayotgan davlatlarga ham taqdim etishga zarurat tugʻilishi mumkin.
Sababi, koʻplab rivojlanayotgan davlatlardan inqirozning boshlanishi natijasida qariyb 42 mlrd. AQSh dollari “oqib” chiqib ketgan. Bu mazkur davlatlarda shu kunga qadar qayd etilgan eng katta miqdor hisoblanadi.
Shunday ekan, rivojlanayotgan davlatlar Markaziy banki tomonidan valyuta intervensiyalari va kapital oqimlarni boshqarish foiz stavkasi va boshqa monetar siyosat instrumentalari uchun qoʻshimcha yordam vazifasini bajaradi.
Dunyo boylari koronavirus sabab katta miqdorda pul yoʻqotdi
Uchinchidan, moliyaviy tizimni tartibga soluvchi davlat organlari bir tarafdan moliyaviy va bank tizimi barqarorligini, ikkinchi tarafdan iqtisodiy faollikni taʼminlashni maqsad qilishi kerak. Mazkur inqiroz moliya tizimi uchun stress-test vazifasini oʻtab beradi.
Jamgʻarma oʻzining aʼzo davlatlariga qanday yordam bera oladi?
XVJ oʻzining 1 trln. AQSh dollariga teng fondi orqali aʼzo davlatlarga yordam berishga tayyor ekanligini maʼlum qilmoqda.
Ortiqov Nozimjon
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ilmiy xodimi
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

