| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes3 daqiqada oʻqiladi381 marta oʻqildi

Koronavirusning global iqtisodiyotga taʼsiri qanday baholanmoqda?

Koronavirus global iqtisodiy inqiroz xavfini vujudga keltirdi. Ekspertlarning fikriga koʻra, kelgusi 12 oy ichida global iqtisodiy inqirozni vujudga kelishi ehtimoli 43 foizga teng.

Koronavirusning global iqtisodiyotga taʼsiri qanday baholanmoqda?
finance.liga.net

Dastlab Xitoyda aniqlangan COVID-19 koronavirusi bilan zararlangan bemorlar sonining oʻsish surʼatlari keskin kamaydi, ammo Xitoydan tashqarida – dunyoning boshqa mamlakatlarida ushbu virusning tarqalish geografiyasi kun sayin kengaymoqda, koronavirusga chalingan bemorlar soni esa yuqori surʼatlarda oʻsmoqda. Jumladan, Italiyada aniqlangan holatlar soni 12 mingdan oshdi, Eronda – 10 mingga, Janubiy Koreyada esa 8 mingga yaqin kishi zararlangan. Bugungi kunga kelib yangi turdagi koronavirus dunyoning 114 ta davlatlarida aniqlandi.

Soʻnggi bir necha haftada yangi turdagi koronavirusning mamlakatlar iqtisodiyotiga taʼsiri dunyoning barcha yetakchi OAVlarida faol muhokama qilinayotgan boʻlsa, global moliyaviy bozorlarda aktiv va indekslarning keskin – dramatik tarzda pasayishi kuzatilmoqda. Boshqacha aytganda, COVID-19 koronavirusi nafaqat insonlar organizmiga, balki ularning iqtisodiy hayotiga va global moliyaviy bozorlarga ham “kirib keldi”.

Markaziy Osiyo va koronavirus: Nimalarni kutish mumkin?

Uzanalytics.com saytining yozishicha, moliyaviy aktivlar, global bozorlar va mamlakatlar iqtisodiyoti tahlili boʻyicha yetakchi tahliliy kompaniyalardan biri hisoblanadigan FocusEconomics joriy yil fevral oyining oʻrtalaridan boshlab koronavirusning jahon iqtisodiyotiga taʼsiri va uning iqtisodiy oqibatlari boʻyicha yetakchi ekspertlar orasida soʻrov oʻtkazib kelmoqda. Kuni kecha, ushbu kompaniya 11 mart kuni yakunlangan soʻnggi soʻrov natijalarini eʼlon qildi. Mazkur soʻrovnomada butun dunyo boʻylab 54 ta yetakchi iqtisodchi va moliyaviy tahlilchilar ishtirok etgan.

Soʻrovnomada ekspertlarga quyidagi savollar bilan murojaat qilingan:

  1. Koronavirusning 2020 yilda global YAIM oʻsishiga taʼsiri qanday?

  2. Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga 2020 yildan keyin ham taʼsiri boʻladimi?

  3. Kelgusi 12 oy ichida global iqtisodiy inqirozning ehtimoli qanday?

  4. Koronavirusning 2020 yilda Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya va Eron davlatlari YAIMining oʻsishiga taʼsiri qanday?

Soʻrovnoma natijalari shuni koʻrsatdiki, avvalgi (3 martda eʼlon qilingan) soʻrov natijalariga nisbatan, ekspertlar koronavirusning global iqtisodiyotga taʼsirini yanada yuqori darajada baholamoqdalar.

Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri: Oʻzbekiston uchun xulosa va tavsiyalar

Bundan tashqari:

  • 54 ta ekspertning yarmidan koʻpi, yaʼni 57 foizi, bu yil global YAIMning oʻsishini 0,5 foizli punktga kamayishini, ularning 20 foizi esa bu koʻrsatkichni 1,0 foizli punktga kamayishini prognoz qilishdi.

  • Koronavirus keng darajada tarqalgan mamlakatlarda, yaʼni Xitoy, Eron, Italiya va Janubiy Koreya davlatlari iqtisodiyotida ushbu virusning taʼsiri kuchli boʻlishi, Eronda esa sogʻliqni saqlash tizimining zaifligi va hukumatning virusga qarshi ancha kechikkan chora-tadbirlari tufayli uning “iqtisodiy zarbasi” eng kuchli darajada boʻlishi kutilmoqda.

  • Koronavirus global iqtisodiy inqiroz xavfini vujudga keltirdi. Soʻrovda qatnashgan ekspertlarning konsensus fikriga koʻra, kelgusi 12 oy ichida global iqtisodiy inqirozni vujudga kelishi ehtimoli 43 foizga teng.

Julio Romero, Corficolombiana kompaniyasining bosh iqtisodchisi:

“Koronavirusni global iqtisodiyotga taʼsirini “haqiqiy boʻron” bilan qiyoslash mumkin. Hozirgi kunda turizm va tovarlar taʼminoti zanjirlariga yetkazilgan zarar shunchalik jiddiyki, oʻz navbatida, buni moliyaviy tizimiga zarar yetkazmasligi uchun hukumat tomonidan muhim choralar koʻrishni taqozo qiladi. COVID-19 koronavirusining xavfi va koʻlami kun sayin oshib bormoqda, uning taʼsirini AQSH kabi yirik iqtisodiyotlarda kuzatishimiz mumkin. Hozirgi kundagi noaniqliklar kamida 6 hafta saqlanib qoladi”

Annabel Bishop, Investec Ltd kompaniyasining bosh iqtisodchisi:

“Yaqin orada moliya bozorlarida oʻzgaruvchanlik (volatil holat) saqlanib qoladi, shuningdek, ushbu bozor ishtirokchilari yirik Markaziy banklar tomonidan bu vaziyatda qanday choralar koʻrilishini ham kutmoqdalar. Bundan tashqari, bu vaziyatda global iqtisodiy oʻsishni taʼminlash maqsadida fiskal ragʻbatlantirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish ham muhimdir”

Luis Suzigan, LCA Consultores kompaniyasining katta maslahatchisi:

“Bizning asosiy ssenariyimiz moliyaviy va global inqiroz vujudga kelmaydi, degan taxmin asosida qurilgan. Soʻnggi paytda Xitoyda mazkur epidemiyaga qarshi kurashda kuzatilayotgan ijobiy tendensiyalar va erishilgan natijalar yuqoridagi taxminimizni tasdiqlaydi. Xususan, Xitoyda COVID-19 bilan zararlanish holatlari soni kun sayin tobora kamayib bormoqda (kunlik qoʻshimcha zararlanish holatlari). Bu mazkur epidemiyaga qarshi kurashni samaraliligini va bu jarayon qattiq nazorat ostida ekanligidan dalolat beradi. Agar Xitoy tajribasi boshqa davlatlarda ham qoʻllanilsa, uylaymanki, moliyaviy bozorlar tez orada barqarorlashadi, tovarlar taʼminoti zanjirlari va global talab asta-sekin tiklanadi”.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ