| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi506 marta oʻqildi

UzAuto Motors avtomobillar narxlari nima uchun koʻtarilganligiga izoh berdi

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillar narxlarining koʻtarilishini Oʻzbekistonda soliqlarning koʻtarilishi bilan izohladi. Shuningdek, 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. soʻm soliq toʻlagan boʻlsa, joriy yil uchun esa ushbu koʻrsatkich 4,2 trln. soʻmni tashkil qilishi kutilmoqda, deyilgan xabarda.

UzAuto Motors avtomobillar narxlari nima uchun koʻtarilganligiga izoh berdi

UzAuto Motors kompaniyasi narxlarni qayta koʻrib chiqish qarori narxlar konʼyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning oʻzgarishi bilan bogʻliq ekanligini maʼlum qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, 2020 yilning 4 martiga qadar shartnoma imzolagan xaridorlar uchun barcha shartlar saqlab qolinadi.

"2017 yilning sentyabr oyida soʻngi marta avtomobil narxlari oʻzgarganidan buyon dollarning soʻmga nisbatan ayriboshlash kursi oʻsdi, xom ashyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oshdi.

Bundan tashqari, avval soliq imtiyozlariga ega boʻlgan UzAuto Motors kompaniyasi 2019 yilning oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan QQS boʻyicha toʻlashni boshladi. 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. soʻm soliq toʻlagan boʻlsa, joriy yil uchun esa ushbu koʻrsatkich 4,2 trln. soʻmni tashkil qilishi kutilmoqd a", deyiladi xabar.

Kompaniya matbuot xizmatining yozishicha, yaqin kelajakda isteʼmolchilar uchun avtokredit va muddatli toʻlov tizimlari ajratiladi. Ushbu yoʻnalishda kompaniya banklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ