Coca-Cola Oʻzbekistonga investitsiya kiritmoqchi
Coca-Cola kompaniyasi 2020—2021 yillarda Oʻzbekistonga 31 million dollar miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan.

Coca-Cola kompaniyasi 2019 yilda jahonning yetakchi xorijiy tadqiqotchi kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning salqin ichimliklar bozorida oʻrganishlar olib bordi. Unga koʻra, kelgusi 10 yillikda aholi sonining oʻsishi, daromadlarning oshishi hamda hududlarning turistik salohiyati kengayib borishi hisobiga salqin ichimliklar sotish bozori hajmi 1,8 barobarga koʻpayishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzbekoziqovqatxolding" kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Coca-Cola kompaniyasi 2020—2021 yillarda Oʻzbekistonga 31 million dollar miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan. Kiritiladigan investitsiyalar Xorazm viloyati va Toshkent shahridagi zavodlar modernizatsiyasi, mavjud quvvatlarni koʻpaytirish uchun sarflanadi.
Mazkur loyihalar hududlarda aholi bandligi darajasini oshirishga, ishlab chiqarilayotgan keng turdagi mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha logistika xarajatlarini iqtisod qilishga, respublikaning janubiy va gʻarbiy hududlari aholisini salqin ichimliklar bilan yanada kengroq taʼminlashga, ishlab chiqarish zavodlari joylashgan hududlarda soliq tushumlarining koʻpayishiga imkon yaratadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

