Markaziy bank: Kreditning asosiy qarzini qaytarish muddati uzaytiriladi
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin boʻlgan kredit risklari taʼsirini yumshatish choralari yuzasidan Markaziy bank maʼlumot berdi.

Markaziy bank koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli tadbirkorlik subʼyektlarida kreditlarni qaytarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida barcha tijorat banklariga:
koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan va loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotgan korxonalar, shu jumladan, turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infeksiyasi eng koʻp tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda Oʻzbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan korxonalarga ajratilgan kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini toʻliq va puxta oʻrganish;
oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda, mijozlarning real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish boʻyicha 2020 yil 1 oktyabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy toʻlovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnoma shartlariga oʻzgartirish kiritish masalasini koʻrib chiqish tavsiya qilinadi.
Bunda tijorat banklariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini oʻzgartirmaslik huquqi beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

