| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi159 marta oʻqildi

Oʻzbekistondagi 500 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

Jahon banki Oʻzbekistonda suv taʼminoti tizimini rivojlantirish uchun 239 mln. dollar ajratadi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Oʻzbekistonning uchta hududidagi aholisi yanada sifatli suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalana olishi kutilmoqda.

Oʻzbekistondagi 500 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

Jahon bankining Direktorlar kengashi 12 mart kuni Oʻzbekistonda suv taʼminoti tizimini rivojlantirish va uni institutsional qoʻllab-quvvatlash loyihasini moliyalashtirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan 239 millionlik kredit ajratilishini tasdiqladi. Bu haqda Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Oʻzbekistonda suv taʼminoti va kanalizatsiya infratuzilmasi, asosan, Sovet davrida yaratilgan. Bugungi kunda u eskirgan va kapital rekonstruksiya qilishni va yanada kengaytirishni talab qiladi. Biroq ushbu infratuzilmani yangilash boʻyicha ish surʼati, uning mavjud quvvati va texnik xizmat koʻrsatishi oʻsib borayotgan aholi ehtiyojlarini qondirmaydi. Ushbu omillar mamlakatning koʻplab hududlarida suv taʼminoti va kanalizatsiya sifatining pasayishiga olib keldi”, degan Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Oʻzbekistonning uchta hududidagi 500 mingdan ortiq aholi yanada sifatli suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalana olishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

Loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus, Taxiatosh va Xoʻjayli shaharlarida oqava suv tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Sirdaryo viloyatida va Samarqanddagi Kattaqoʻrgʻon shahrida ham suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlari kengaytirilib, rekonstruksiya qilinadi.

Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri bu butun Oʻzbekiston boʻylab energiya va suv yoʻqotishlarini kamaytirishdir. Bunga suv taʼminoti xizmatlari sohasida energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish mexanizmini, shuningdek, mahalliy suv kanallari foydalanishi mumkin boʻlgan suv isteʼmolini hisoblash dasturlarini joriy qilish orqali erishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ