AQSh Federal zaxira tizimi stavkalarni nolgacha tushirdi
Federal zaxira tizimi, shuningdek, banklarga «diskont oyna» deb nomlanuvchi toʻgʻridan-toʻgʻri kredit berish shartlarini ham oʻzgartirgan (xuddi 2008 yilgi inqirozdagi kabi). Ushbu kreditlar stavkasi birdaniga 1,5 foiz punktiga — asosiy stavka esa — 0,25 foizga pasaytirilgan. Bu diskont stavkalarining tarixiy minimum hisoblanadi (hatto 2008—2009 yillarda 0,5 foizni tashkil etgan). Bundant ashqari FZT bu turdagi zayomlar muddatini bir kundan 90 kunga qadar uzaytirdi.

AQSh Federal zaxira tizimi oʻzining navbatdan tashqari yigʻilishida federal fondlar boʻyicha maqsadli stavkalar diapazonini 0—0,25 foziga qadar tushirish boʻyicha qaror qabul qildi.
Federal zaxira tizimi iqtisodiyot «yaqinda roʻy bergan voqealarni boshdan kechirib boʻlgani, shuningdek, maksimal bandlik va narx barqarorligi maqsadlariga intilayotganiga ishonch hosil qilguniga qadar» stavkalarni nolga yaqin darajada ushlab turish niyatida.
Shuningdek, Federal zaxira tizimi iqtisodiyotni koronavirus taʼsiridan himoya qilish uchun bir qator qoʻshimcha choralarni eʼlon qildi:
Yaqin oylarda u AQSh davlat obligatsiyalaridagi portfelini kamida 500 milliard dollarga, Ginnie Mae, Fannie Mae va Freddie Mac kabi yarim davlat agentliklari tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari portfelini esa kamida 200 milliard dollarga oshiradi;
Hozirda FZT balansi 2,5 trillion dollardan ortiq davlat obligatsiyalarini va 1,37 trillion dollarlik agentliklarga tegishli ipoteka qogʻozlarini oʻzi ichiga olgan. Shunda qilib, gʻaznachilik obligatsiyalari portfeli 3 trillion dollarga qadar, ipoteka qogʻozlari esa — taxminan 1,6 trillion dollarga oshadi;
Shu bilan birga, FZT aktivlari 4,3 trillion dollardan 5 trillion dollarga qadar oʻshib, rekord natijani qayd etadi (bundan oldingi rekord 2015 yilning yanvarida qayd etilgan).
Federal zaxira tizimi, shuningdek, banklarga «diskont oyna» deb nomlanuvchi toʻgʻridan-toʻgʻri kredit berish shartlarini ham oʻzgartirgan (xuddi 2008 yilgi inqirozdagi kabi). Ushbu kreditlar stavkasi birdaniga 1,5 foiz punktiga — asosiy stavka esa — 0,25 foizga pasaytirilgan. Bu diskont stavkalarining tarixiy minimum hisoblanadi (hatto 2008—2009 yillarda 0,5 foizni tashkil etgan). Bundant ashqari FZT bu turdagi zayomlar muddatini bir kundan 90 kunga qadar uzaytirdi.
Oʻsha paytda AQSh prezidenti Donald Trump regulyatorning ushbu qarorini mamnuniyat bilan qabul qilgan, ammo Fed yanada qatʼiyat bilan harakat qilish va yanada stavkalarni yanada pasaytirish kerakligini taʼkidlagandi. U buni boshqa davlatlarda stavkalar tobora pasayib borayotganini, bu “AQSh uchun adolatsiz” deb tushuntirgandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

