Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yilgi “Iqtisodiy erkinlik” indeksidagi oʻrni koʻtarildi
“The Heritage Foundation”nufuzli iqtisodiy tahlil markazi tomonidan 180 ta davlatning “Iqtisodiy erkinlik” indeksi 1995 yildan buyon tahlil qilinadi. Indeksning 2020 yil uchun hisobotida Oʻzbekiston 57,2 ball bilan oʻz oʻrnini koʻtargan.

Amerika Qoʻshma Shtatlarining “The HeritageFoundation” tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Iqtisodiy erkinlik” indeksining 2020 yil uchun hisobotida Oʻzbekiston 57,2 ball bilan 114-oʻrinni egalladi (2019 yilda 53,3 ball bilan 140-oʻrin).
Taʼkidlash joizki, mazkur indeks xorijiy investorlar tomonidan doimiy ravishda kuzatilib boriladi va respublikamizning indeksdagi oʻrni yuqorilashi tadbirkorlik muhitiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsialarning oqimini oshishiga xizmat qiladi.
“Iqtisodiy erkinlik” indeksi toʻrtta asosiy yoʻnalish boʻyicha 12 ta tarkibiy koʻrsatkichdan tashkil topgan boʻlib, Mulkchilik huquqi, Sud faoliyati samaradorligi, Davlatning yaxlitligi, Soliq yuki, Davlat xarajatlari, Fiskal salomatlik, Biznes erkinligi, Mehnat bozori erkinligi, Monetar erkinlik, Savdo erkinligi, Investitsiyalar erkinligi va Moliyaviy erkinlikkabi sohalarda jahon mamlakatlarini 0 dan (eng past) 100 gacha (eng yuqori) boʻlgan shkalada baholaydi.
Mamlakatimiz mazkur indeksning quyidagi tarkibiy koʻrsatkichlarida eng yuqori oʻsishga erishdi:
Investitsiyalar erkinligi – 20,0 ball (+10 ball);
Moliyaviy erkinlik – 20,0 ball (+10 ball);
Mulkchilik huquqi – 59,1 ball (+9.3 ball).
“Iqtisodiy erkinlik” indeksining tarkibiy koʻrsatkichlari boʻyicha respublikamizning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oʻtgan yilga nisbatan 26 pogʻonaga yuqorilab, MDHga aʼzo mamlakatlar orasida eng jadal oʻsishni qayd etdi.
Maʼlumot uchun: “The Heritage Foundation”nufuzli iqtisodiy tahlil markazi tomonidan 180 ta davlatning “Iqtisodiy erkinlik” indeksi 1995 yildan buyon tahlil qilinadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

