Jamshiz Qoʻchqorov: Xalqaro tovar va moliya bozorlarida yuzaga kelgan vaziyat soʻmning almashuv kursiga taʼsiri hozircha neytral
Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov gaz narxining pasayishi eksport tushumlariga salbiy taʼsir koʻrsatishini maʼlum qildi.

9 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank hamda Moliya vazirligi rahbar va masʼul xodimlari ishtirokida jahon moliya va xom ashyo bozorlaridagi oxirgi oʻzgarishlarning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga taʼsirini oʻrganish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamshiz Qoʻchqorov maʼlum qildi.
Yigʻilishda quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
- gaz narxining pasayishi (neft narxining pasayishi sababli) va ayrim mamlakatlar milliy valyutasining devalvatsiyasi eksport tushumlarimizga salbiy taʼsir koʻrsatadi, shu bilan birga neft va gaz narxi pasayishining ichki bozorga ijobiy taʼsiri ham oʻrganib chiqiladi. Xalqaro tovar va moliya bozorlarida yuzaga kelgan vaziyatning soʻmning almashuv kursiga taʼsirini hozircha neytral deb baholaymiz;
- gaz narxi pasayishi sababli Davlat byudjeti daromadlarining yoʻqotishlari oltin narxining yuqori ekanligi hisobiga toʻliq qoplanadi. Umuman olganda, Davlat byudjeti barcha majburiyatlarini toʻliq taʼminlash imkoniga egadir;
- mazkur masala boʻyicha asosiy savdo hamkor davlatlarimiz rasmiy idoralarining 9 martdagi bayonotlarini, asosiysi, ularning makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga boʻlgan jiddiy rejalarini ijobiy baholaymiz;
- xalqoro moliya va tovarlar bozorlarida yuzaga kelgan qaltis vaziyatning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga taʼsirining koʻlami birinchi navbatda ushbu tebranishlarning qanchalik uzoq muddat davom etishiga bogʻliqdir.
Yuzaga kelgan vaziyatning Oʻzbekistondagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy taʼsirini minimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kirishildi. Shu maqsadda uchta idora vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tuzildi.
"Fursatdan foydalanib shuni maʼlum qilmoqchimizki, joriy yilning 13 mart kuni Moskva shahrida MDH davlatlari iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda ushbu masalani tashqi savdo boʻyicha asosiy hamkor davlatlarimiz vakillari – hamkasblarimiz bilan yana bir bor muhokama qilib olamiz.
Ishchi guruhi va tegishli idoralar jahon moliya va xom ashyo bozorlaridagi oʻzgarishlarni diqqat bilan kuzatib boradilar va ommaviy axborot vositalari orqali maʼlumot berib turadilar", deydi Iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamshid Qoʻchqorov.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

