Oʻzbekistonda yangi raqamli bank tashkil etiladi
Oʻzbekistonda “ANOR BANK” AJ ruxsatnoma oldi. Bank Toshkent shahrida tashkil etilishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qoʻmitasi raqamli bank “ANOR BANK” AJni tashkil etishga dastlabki ruxsatnoma berdi. Bu haqda Markaziy bank xabar tarqatdi.
Qaror 9 mart kuni qabul qilingan. Raqamli bank Toshkentda tashkil etiladi.
Taʼkidlanishicha, dastlabki ruxsatnoma olti oy muddatga beriladi. Ushbu davr mobaynida muassis tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi va bank ustav kapitali shakllantirilishi lozim.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

