Review.uz saytidagi O'zbekiston iqtisodiyoti yangiliklari - dolzarb iqtisodiy yangiliklar, O'zbekiston moliya va bank sohasidagi yangiliklar
925 ta material

Bojxona omborlarida 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayapti
Joriy yilning 29 mart holatiga bojxona omborlarida jami 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 5,2 mln. dollar, hudud korxonalari boʻyicha 39,1 mln. dollarni tashkil etadi.

Oʻzbekistonning tashqi qarzi 7,1 mlrd. dollarga oshdi
Oʻzbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil boshidan 40,9 foizga yoki 7,1 mlrd. dollarga oshgan holda, 2020 yil 1 yanvar holatiga 24,4 mlrd. dollarni tashkil qildi.

UzAuto Motors Qozogʻistonda oʻz avtomobillarini yigʻishni boshladi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumat rahbarlari Qozogʻistonda Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillari ishlab chiqarilishiga start berdi. Dastlabki bosqichda ishlab chiqarish hajmi yiliga 26 ming transport vositasini tashkil qiladi, kelgusida uni 100 ming dona avtomobilga yetkazish koʻzda tutilgan.

COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga taʼsiri: soʻrovnoma natijalari
Soʻrovda ishtirok etgan iqtisodchilarning yarmidan koʻpi (56%) koronavirusning jahon iqtisodiyotiga 2020 yildan keyin ham taʼsiri boʻlishi taxmin qilishmoqda.

Oʻzbekistonda elektron pullarning muomalada boʻlishi qoidalarini ishlab chiqdi
Markaziy bank Oʻzbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalarini ishlab chiqdi. Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, internet orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi hisoblanadi.

Bojxona qoʻmitasi omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari haqida maʼlumot berdi
25 mart holatiga koʻra, bojxona omborlarida jami 45,9 mln. AQSh dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.

Oʻzbekiston dehqon bozorlaridagi narx-navo maʼlum qilindi
Mol goʻshti 37 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg), kartoshka 2 500 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg) sotilmoqda.

Oʻzbekistonda benzin narxi tushdi
26 mart kunidan eʼtiboran AI-92 markali benzinning narxi pasaytirildi. Boshqa markadagi benzin mahsulotlari va dizel yoqilgʻisining narxlari ham bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

Kredit toʻlovlarini qaytarishga qiynalgan qarzdorlarga "taʼtil" beriladi
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida qarzdorlarning kredit toʻlovlari bilan bogʻliq riskini yumshatish boʻyicha qoʻshimcha choralar yuzasidan Markaziy bank axborot berdi.

Oʻzbekiston biznes “fors-major” rejimiga oʻtmoqda
Koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish uchun vazirlikka tadbirkorlik subʼyektlarining talablariga binoan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish topshirilgan.

Behzod Musayev narx-navo oshmasligini asoslab berdi
Jismoniy shaxslarning 2019 yil uchun jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish muddati 2020 yil 1 avgustgacha hamda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soligʻini toʻlash muddati 2020 yil 15 oktyabrgacha uzaytirildi.

Markaziy bank: Naqd pullar karantinga olindi
Naqd pullar virus tashuvchi boʻlishi mumkin. Shu sababli Markaziy bank toʻlovlarni amalga oshirishda imkon qadar banklarning masofaviy xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati
23 mart holatiga koʻra bojxona omborlarida jami 27,0 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 3,8 mln. dollar, hudud korxonalari boʻyicha 23,2 mln. dollarni tashkil etadi.

Oʻzbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish koʻpaydi
Oʻzbekiston yanvar-fevral oylarida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 83,9 foizga koʻp yengil avtomobillar import qildi.

Timur Ishmetov tashqi qarzlarni jalb qilish uchun dastlabki muloqotlar boshlanganini maʼlum qildi
2020 yilda byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablagʻlarini jalb qilish choralari koʻriladi.

Sirdaryoda savdo-logistika terminali tashkil etiladi
Loyihani amalga oshirish doirasida 25 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi.

Oʻzbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln soʻmni tashkil etdi
Respublika boʻyicha 2020 yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln. soʻmni tashkil etib, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan oʻsish surʼati 5,0 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekiston yanvar-fevral oylarida 1 mlrd dollarlik oltin sotdi
Oltin eksporti 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 1,7 foiz oʻsishni tashkil etmoqda.

Respublikamizdagi 24/7 rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari manzillari roʻyxati
Markaziy bank respublikamizning ayni vaqtdagi holatidan kelib chiqib, 24/7 rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalarining manzillari roʻyxatini shakllantirdi.

1 yanvarga qadar tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatida soliq auditi oʻtkazish toʻxtatiladi
2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatida soliq auditi oʻtkazish toʻxtatiladi, jinoyat ishlari doirasidagi va yuridik shaxslarning tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq auditi bundan mustasno.

Ayrim faoliyat tarmoqlariga olti oylik imtiyoz beriladi
Prezident Farmoniga koʻra, 2020 yil 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar ayrim faoliyat tarmoqlari uchun soliq yuklaridan imtiyozlar beriladi.

Yevropa Markaziy Banki aktivlarni sotib olish dasturini eʼlon qildi
Yevropa Markaziy Banki COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli aktivlarni sotib olish dasturini ishga tushirdi. Yevropa fond indekslari ushbu xabarga oʻsish bilan javob berdi, ammo tahlilchilar ijobiy taʼsir qisqa muddatli boʻlishidan qoʻrqishmoqda.

Oʻzbekistonga import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati
18 mart holatiga koʻra bojxona omborlarida jami 28,1 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.

Qaysi bankdan dollarni arzonroq narxda sotib olish mumkin?
Bugun AQSH dollarini ikkita bankdan arzonroq olishingiz yoki aksincha uchta bankdan birida qimmatroqqa almashtirishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1 AQSH dollari 17 martdan 9 520,34 soʻmni tashkil etmoqda.

Markaziy bozorlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari eʼlon qilindi
Qoʻy goʻshtining minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 39 000 soʻm etib roʻyxatga olingan.
