| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi260 marta oʻqildi

Oʻzbekistonga import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati

18 mart holatiga koʻra bojxona omborlarida jami 28,1 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.

Oʻzbekistonga import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati

160 dan ortiq mamlakatlarga “COVID-19” koronavirus infeksiyasi tarqaldi. Shu jumladan Oʻzbekistonda ham 15 mart kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan ilk bemor aniqlangan edi. 19 mart sanasiga kelib bemorlar soni 23 nafarni tashkil qilmoqda.

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi natijasida karantin eʼlon qilinganligidan soʻng oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlarini qatʼiy nazoratga olindi.

"Ekonomicheskoye obozreniye" jurnali Davlat Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda ipmort qilinayotgan tovarlar roʻyxatini berib boradi.

Joriy yilning 18 mart holatiga bojxona omborlarida jami 28,1 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.

Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati:

  • bio qoʻshimchalar (377,3 tn, 2,9 mln. doll.);

  • goʻsht (2,7 ming tn, 2,7 mln. doll.);

  • margarin (2,4 ming tn, 2,7 mln. doll.);

  • kungaboqar yogʻi (3 ming tn, 2,3 mln. doll.);

  • palma yogʻi (2,2 ming tn, 2 mln. doll.);

  • shokolad (604,9 tn, 1,4 mln. doll.);

  • bolalar ovqati (237,2 tn, 1,4 mln. doll.);

  • un (4,8 ming tn, 1,1 mln. doll.);

  • shakar (2,6 ming tn, 988,1 ming doll.);

  • (bugʻdoy – 79,1 ming tn, 15,4 mln. doll.)

  • konservalangan sabzavotlar (779,9 tn, 825,6 ming doll.);

  • banan (870,9 tn, 629,2 ming doll.);

  • un mahsulotlari (vafli, pechenye va x.z.) (277,8 tn, 515,3 ming doll.);

  • makaronlar (349,1 tn, 480,2 ming doll.);

  • choy (89,2 tn, 474,9 ming doll.);

  • sut mahsulotlari (456,6 tn, 396,1 ming doll.);

  • baliq (161,5 tn, 383,8 ming doll.).

Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 4 mln. dollar, hudud korxonalari boʻyicha 24,1 mln. dollarni tashkil etadi.

Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha:

  • “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (2 mln. doll., asosan soya, araxis, zaytun yogʻi, palma yogʻi, bio qoʻshimchalar, konservalangan sabzavotlar);

  • “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (905,7 ming doll., asosan goʻsht, kungaboqar yogʻi, konservalangan sabzavotlar);

  • “Oʻzyogʻmoysanoati” uyushmasi (654,3 ming doll., kungaboqar yogʻi, margarin, palma yogʻi);

  • “Sogʻlom avlod uchun” xalkapo xaypiya jamgʻapmasi (654,3 ming doll., quruk ovqatlar);

  • “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (4,2 ming doll., kimyoviy tuzlar).

Hududlar boʻyicha:

  • Toshkent shahar (15,9 mln. doll., asosan bio qoʻshimchalar, shokolad, bolalar ovqati, margarin, goʻsht, un mahsulotlari, shakar, palma yogʻi, banan, makaronlar);

  • Toshkent viloyati (3 mln. doll., asosan shakar, kungaboqar yogʻi, paxta yogʻi, un, goʻsht, margarin);

  • Namangan (2,1 mln. doll., asosan goʻsht, palma yogʻi, margarin, un, shokolad, baliq);

  • Samarqand (1 mln. doll., asosan margarin, noʻxot, soya, araxis, zaytun yogʻi, goʻsht, un);

  • Xorazm (790,9 ming doll., asosan kungaboqar yogʻi, makaron, banan, olma);

  • Fargʻona (433,5 ming doll., asosan olma, un, bio qoʻshimchalar, goʻsht, kartoshka, banan).

  • Sirdaryo (393,7 ming doll., asosan soya, araxis, zaytun yogʻi, noʻxot, kungaboqar yogʻi, guruch);

  • Andijon (191,6 ming doll., asosan bio qoʻshimchalar va ichimliklar);

  • Qoraqalpogʻiston Res. (97,6 ming doll., sut mahsulotlari, baliq);

  • Surxondaryo (76,9 ming doll., asosan sitrus mevalar, yongʻoq, konservalangan dengiz mahsulotlari, un);

  • Jizzax (65,7 ming doll., asosan bio qoʻshimchalar, baliq, sut mahsulotlari, kimyoviy tuzlar);

  • Buxoro (13,7 ming doll., quritilgan meva sabzavotlar);

  • Qashqadaryo (11,2 ming doll., asosan sitrus mevalar).

Bizni kuzatib boring. Keyingi kunlar uchun ham roʻyxatlarni berib boramiz.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ