Bojxona omborlarida 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayapti
Joriy yilning 29 mart holatiga bojxona omborlarida jami 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 5,2 mln. dollar, hudud korxonalari boʻyicha 39,1 mln. dollarni tashkil etadi.

Joriy yilning 29 mart holatiga bojxona omborlarida jami 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Ushbu tovarlardan dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 71,5 mlrd.soʻm bojxona toʻlovlari undirilishi kutilmoqda.
Bular asosan quyidagi mahsulotlardir:
margarin (2,9 ming tn, 3,5 mln. doll.);
goʻsht (2,6 ming tn, 3,2 mln. doll.);
bio qoʻshimchalar (443,7 tn, 3,2 mln. doll.);
kungaboqar yogʻi (3,7 ming tn, 2,8 mln. doll.);
palma yogʻ (2,0 ming tn, 1,8 mln. doll.);
shokolad (597,0 tn, 1,5 mln. doll.);
bolalar ovqati (250,1 tn, 1,2 mln. doll.);
konservalangan sabzavotlar (854,6 tn, 971,3 ming doll.);
un (3,7 ming tn, 910,7 ming doll.);
bugʻdoy (72,1 ming tn, 14,2 mln. doll.);
shakar (2,0 ming tn, 773,6 ming doll.);
makaronlar (515,1 tn, 571,1 ming doll.);
un mahsulotlari (vafli, pechene va x.z.) (297,5 tn, 551,8 ming doll.);
banan (851,1 tn, 520,8 ming doll.);
sut mahsulotlari (379,9 tn, 519,0 ming doll.);
choy (70,1 tn, 365,2 ming doll.)
quriq ovqat (185,2 tn, 491,8 ming doll.);
Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 5,2 mln. dollar, hudud korxonalari boʻyicha 39,1 mln. dollarni tashkil etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha:
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (2,9 mln. doll., asosan bio qoʻshimchalar, palma yogʻi, bugʻdoy, konservalangan sabzavotlar, soya, araxis, zaytun yogʻi);
“Oʻzyogʻmoysanoati” uyushmasi (1,4 mln. doll., asosan kungaboqar yogʻi, bugʻdoy, palma yogʻi);
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (430,6 ming doll., asosan goʻsht, un, shakar, kungaboqar yogʻi, konservalangan sabzavotlar);
“Sogʻlom avlod uchun” xalkapo xaypiya jamgʻapmasi (400,0 ming doll., quruk ovqatlar);
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (4,2 ming doll., kimyoviy tuzlar).
Hududlar boʻyicha:
Toshkent shahar (25,2 mln. doll., asosan bio qoʻshimchalar, shokolad, bolalar ovqati, margarin, goʻsht, bugʻdoy, un mahsulotlari, shakar, palma yogʻi, banan, makaronlar);
Sirdaryo (3,9 mln. doll., asosan bugʻdoy, soya, araxis, zaytun yogʻi, paxta yogʻi);
Samarqand (3,8 mln. doll., asosan margarin, bugʻdoy, paxta yogʻi, soya, araxis, zaytun yogʻi, goʻsht, un);
Toshkent viloyati (3,7 mln. doll., asosan un, bugʻdoy, shakar, bio qoʻshimchalar, kungaboqar yogʻi, paxta yogʻi, goʻsht, margarin);
Fargʻona (2,9 mln. doll., asosan bugʻdoy, olma, un, bio qoʻshimchalar, goʻsht, kartoshka, banan);
Namangan (2,8 mln. doll., asosan goʻsht, bugʻdoy, palma yogʻi, margarin, un, shokolad, baliq);
Qoraqalpogʻiston Res. (794,8 ming doll., bugʻdoy, sut mahsulotlari, baliq);
Xorazm (617,8 ming doll., asosan kungaboqar yogʻi, bio qoʻshimchalar, banan, makaron);
Buxoro (174,2 ming doll., asosan bugʻdoy, quritilgan mevalar, sut mahsulotlari);
Jizzax (99,1 ming doll., bio qoʻshimchalar va sut mahsulotlari);
Andijon (98,9 ming doll., asosan bio qoʻshimchalar va kungaboqar yogʻi);
Surxondaryo (82,3 ming doll., konservalangan dengiz maxsuloti, sitruslar);
Qashqadaryo (18,2 ming doll., asosan sitrus mevalar).
Navoiy (2.1 ming doll., asosan kungaboqar yogʻi, bio qoʻshimchalar).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

