UzAuto Motors Qozogʻistonda oʻz avtomobillarini yigʻishni boshladi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumat rahbarlari Qozogʻistonda Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillari ishlab chiqarilishiga start berdi. Dastlabki bosqichda ishlab chiqarish hajmi yiliga 26 ming transport vositasini tashkil qiladi, kelgusida uni 100 ming dona avtomobilga yetkazish koʻzda tutilgan.

28 mart kuni Qozogʻistonning Koʻstanay shahrida "Chevrolet" brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarining SKD yigʻish boshlandi. Bu haqda "Oʻzavtosanoat" matbuot xizmati xabar qildi.
General Motors kompaniyasi UzAuto Motors bilan birgalikda "Cobalt" (avvalgi Ravon R4) oilaviy sedani, tijoriy foydalanish uchun "Damas" hamda "Labo" avtomobillari hamda premium sinfga mansub "Malibu" avtomobillari yangi modellarni ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Yangi modellarni ishlab chiqarish avvalroq Ravon "Nexia R3" avtomobili ishlab chiqarilgan "SariarkaAvtoProm" MCHSH (Masʼuliyati cheklangan shirkati) quvvatlarida yoʻlga qoʻyildi. Barcha mahsulotlar General Motors kompaniyasi tomonidan belgilangan jahon standartlari asosida ishlab chiqariladi. Qayd etish joizki, Qozogʻistonda eng mashhur sanalgan Ravon "Nexia R3" avtomobili ham endilikda Chevrolet brendi ostida ishlab chiqariladi. Ushbu yoʻnalishdagi keyingi qadam Chevrolet modellar qatorini yangi istiqbolli Tracker va TrailBlazer va boshqa avtomobillari bilan toʻldiriladi.
Konveyerni tantanali ravishda Oʻzbekistondan telekoʻprik orqali ishtirok etgan Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozogʻiston bosh vaziri Askar Uzakpayevich Mamin ishga tushirdi.

Dastlabki bosqichda ishlab chiqarish hajmi yiliga 26 ming transport vositasini tashkil qiladi, kelgusida uni 100 ming dona avtomobilga yetkazish koʻzda tutilgan. Shuningdek ishlab chiqarishning dastlabki yili davomida 13 ming avtomobillarni yaqin horij davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, loyiha 2020 yilning 26 fevral kuni Urganch shahrida chegaralararo hamkorlik Forumi doirasida Allur Group kompaniyalar guruhi hamda «Oʻzavtosanoat» AJ oʻrtasida tashkil etilgan QK doirasida amalga oshirilmoqda. Avvalroq 2017 yilning mart oyida Oʻzbekiston prezidentining Qozogʻistonga tashrif chogʻida «Sariarka AvtoProm» MCHSH ishlab chiqarish quvvatlarida avtomobillarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Ushbu davr mobaynida ichki va eksport bozorlariga moʻljallangan qiymati 85 mln dollar boʻlgan 11 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

