| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln soʻmni tashkil etdi

Respublika boʻyicha 2020 yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln. soʻmni tashkil etib, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan oʻsish surʼati 5,0 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln soʻmni tashkil etdi

Respublika boʻyicha 2020 yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln soʻmni tashkil etib, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 5,0 foizga oʻsdi.

Yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3,8 trln. soʻmni (oʻsish surʼati 5,8 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining tovar aylanmasi 21,9 trln. soʻmni (oʻsish surʼati 4,9 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 trln. soʻmni (2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 2,8 foizga kamaygan) tashkil etdi.

Yanvar oyida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,9 mlrd dollarni tashkil etdi

Respublika boʻyicha 2020 yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 25,8 trln. soʻmni tashkil etib, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan oʻsish surʼati 5,0 foizni tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 21,8 foiz ulush bilan 5,6 trln. soʻmni tashkil etdi. Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Sirdaryo viloyati 1,9 foiz ulush bilan 478,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida deyarli barcha viloyatlarda oʻsish surʼatlari kuzatilib, asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari hissasiga (85,0 foiz) toʻgʻri keldi. Yirik korxonalar savdo aylanmasi ulushida, korxonalar ulgurji savdoga oʻtib ketayotganligi sababli, oʻtgan oyga nisbatan keskin kamayish kuzatildi (15,0 foiz).

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida eng yuqori oʻrinni egallagan 10 ta davlat

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlariga toʻgʻri kelib, mazkur hajm 2020 yil yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, 21,9 trln. soʻmni tashkil etib, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 4,9 foizga oʻsgan. Jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 85,0 foizni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Sirdaryo (96,1 foiz), Qashqadaryo (95,4 foiz), Toshkent (91,4 foiz), Surxondaryo (91,4 foiz), Navoiy (89,4 foiz) viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (89,7 foiz) yuqori boʻlgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ