| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi357 marta oʻqildi

Ayrim faoliyat tarmoqlariga olti oylik imtiyoz beriladi

Prezident Farmoniga koʻra, 2020 yil 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar ayrim faoliyat tarmoqlari uchun soliq yuklaridan imtiyozlar beriladi.

Ayrim faoliyat tarmoqlariga olti oylik imtiyoz beriladi

“Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2020 yilning 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foiziga kamaytiriladi;

  • alkogol mahsulotlari bilan ulgurji savdo qiluvchi korxonalarning ajratmalari 5 foizdan 3 foizga kamaytiriladi;

  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun umumiy ovqatlanish tashkilotlarining yigʻim miqdori belgilangan miqdordan 25 foizga kamaytiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ