Kredit toʻlovlarini qaytarishga qiynalgan qarzdorlarga "taʼtil" beriladi
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida qarzdorlarning kredit toʻlovlari bilan bogʻliq riskini yumshatish boʻyicha qoʻshimcha choralar yuzasidan Markaziy bank axborot berdi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida qarzdorlarning kredit toʻlovlari bilan bogʻliq risklarni yumshatish maqsadida Markaziy bank tomonidan barcha kredit tashkilotlariga:
✔️joriy qilingan karantin rejimi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan qarzdor – jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlariga asosan, 2020 yil 1 oktyabrga qadar kredit toʻlovlarini qaytarishda imtiyozli davr berish va mos ravishda yakuniy toʻlovlar muddatlarini uzaytirish;
✔️muddati oʻtgan qarzdorliklarni kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qoʻllamaslik hamda undiruvni kredit taʼminotiga qaratmaslik tavsiya etildi.
Shuningdek, kredit tashkilotlariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini oʻzgartirmaslik huquqi berildi.
Oʻz navbatida, joriy etilgan karantin holatidan kelib chiqib, masofalanishni taʼminlash maqsadida kredit tashkilotlariga qisqa muddat ichida kredit toʻlovlarini kechiktirish masalalari boʻyicha murojaatlarni masofaviy tarzda koʻrib chiqish tizimini yaratish choralarini koʻrish tavsiya etiladi.
"Shu bilan birga, joriy etilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanib, mijozlar tomonidan haqiqatda moliyaviy ahvoli yomonlashgan holatda kredit tashkilotlariga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq ekanligini bildiramiz", deyiladi xabarda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

