| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi347 marta oʻqildi

Oʻzbekistonning tashqi qarzi 7,1 mlrd. dollarga oshdi

Oʻzbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil boshidan 40,9 foizga yoki 7,1 mlrd. dollarga oshgan holda, 2020 yil 1 yanvar holatiga 24,4 mlrd. dollarni tashkil qildi.

Oʻzbekistonning tashqi qarzi 7,1 mlrd. dollarga  oshdi

Markaziy bank hisobotiga koʻra, 2019 yilda qarzdorlikning oʻsishi asosan davlat sektoriga toʻgʻri keldi (5,7 mlrd. dollar), shundan 1 mlrd. dollari xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.

Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 mlrd. dollarga oshdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil davomida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,8 mlrd. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 2,1 mlrd. dollar, neft-gaz va energetika tashkilotlari – 208,2 mln. dollar, toʻqimachilik sektori korxonalari – 131 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 391,2 mln. dollar tomonidan amalga oshirildi.

Shuningdek, oʻrganilayotgan davr mobaynida davlat tashqi qarzi boʻyicha 451,5 mln. dollar miqdordagi asosiy qarz va 294,7 mln. dollar miqdordagi foiz toʻlovlari amalga oshirilgan.

Xususiy tashqi qarz toʻlovlari asosiy qarz boʻyicha 1,5 mlrd. dollar va foiz toʻlovlari boʻyicha 411,8 mln. dollarni tashkil qildi. Bunda, asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlarning eng katta qismini hanuzgacha neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ