| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi80 marta oʻqildi

Oʻzbekiston yanvar-fevral oylarida 1 mlrd dollarlik oltin sotdi

Oltin eksporti 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 1,7 foiz oʻsishni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston yanvar-fevral oylarida 1 mlrd dollarlik oltin sotdi

2020 yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 1,005 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasida xabar qildi.

Markaziy bank Oʻzbekistonning xalqaro zaxirasi miqdorini maʼlum qildi

Oltin eksporti 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 1,7 foiz oʻsishni tashkil etmoqda. 2020 yil yanvar fevral oylarida Oʻzbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 38,2 foizga teng boʻlgan.

Taʼkidlash kerakki, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ