Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati
23 mart holatiga koʻra bojxona omborlarida jami 27,0 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 3,8 mln. dollar, hudud korxonalari boʻyicha 23,2 mln. dollarni tashkil etadi.

160 dan ortiq mamlakatlarga “COVID-19” koronavirus infeksiyasi tarqaldi. Shu jumladan Oʻzbekistonda ham 15 mart kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan ilk bemor aniqlangan edi. 24 mart sanasiga kelib bemorlar soni 49 nafarni tashkil qilmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi natijasida karantin eʼlon qilinganligidan soʻng oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlarini qatʼiy nazoratga olindi.
"Ekonomicheskoye obozreniye" jurnali Davlat Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda ipmort qilinayotgan tovarlar roʻyxatini berib boradi.
Joriy yilning 23 mart holatiga bojxona omborlarida jami 27,0 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.
Bular asosan quyidagi mahsulotlardir:
bio qoʻshimchalar (408,7 tn, 3,2 mln. doll.);
margarin (2,6 ming tn, 2,9 mln. doll.);
goʻsht (2,6 ming tn, 2,6 mln. doll.);
kungaboqar yogʻi (2,7 ming tn, 2,0 mln. doll.);
palma yogʻ (1,9 ming tn, 1,6 mln. doll.);
bolalar ovqati (326,2 tn, 1,5 mln. doll.);
un (5,3 ming tn, 1,3 mln. doll.);
shokolad (513,9 tn, 1,2 mln. doll.);
shakar (2,4 ming tn, 900,2 ming doll.);
banan (1,0 ming tn, 691,1 ming doll.);
bugʻdoy (70,8 ming tn, 13,8 mln. doll.);
konservalangan sabzavotlar (674,6 tn, 686,4 ming doll.);
makaronlar (414,9 tn, 563,4 ming doll.);
un mahsulotlari (vafli, pechene va x.z.) (217,1 tn, 456,3 ming doll.);
sut mahsulotlari (385,9 tn, 409,7 ming doll.);
choy (75,0 tn, 388,2 ming doll.);
baliq (120,1 tn, 136,4 ming doll.).
Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 3,8 mln. dollar, hudud korxonalari boʻyicha 23,2 mln. dollarni tashkil etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha:
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (2,1 mln. doll., asosan soya, araxis, zaytun yogʻi, palma yogʻi, bio qoʻshimchalar, konservalangan sabzavotlar);
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (638,2 ming doll., asosan goʻsht, kungaboqar yogʻi, konservalangan sabzavotlar);
“Oʻzyogʻmoysanoati” uyushmasi (654,3 ming doll., kungaboqar yogʻi, margarin, palma yogʻi);
“Sogʻlom avlod uchun” xalkapo xaypiya jamgʻapmasi (400,0 ming doll., quruk ovqatlar);
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (4,2 ming doll., kimyoviy tuzlar).
Hududlar boʻyicha:
Toshkent shahar (17,5 mln. doll., asosan bio qoʻshimchalar, shokolad, bolalar ovqati, margarin, goʻsht, un mahsulotlari, shakar, palma yogʻi, banan, makaronlar);
Toshkent viloyati (3,0 mln. doll., asosan shakar, kungaboqar yogʻi, paxta yogʻi, un, goʻsht, margarin);
Namangan (2,2 mln. doll., asosan goʻsht, palma yogʻi, margarin, un, shokolad, baliq);
Samarqand (2,1 mln. doll., asosan margarin, noʻxot, soya, araxis, zaytun yogʻi, goʻsht, un);
Fargʻona (881,9 ming doll., asosan olma, un, bio qoʻshimchalar, goʻsht, kartoshka, banan);
Xorazm (634,8 ming doll., asosan kungaboqar yogʻi, makaron, banan, olma);
Sirdaryo (206,6 ming doll., asosan soya, araxis, zaytun yogʻi, noʻxot, kungaboqar yogʻi, guruch);
Andijon (98,9 ming doll., asosan bio qoʻshimchalar va ichimliklar);
Jizzax (92,1 ming doll., asosan bio qoʻshimchalar, baliq, sut mahsulotlari, kimyoviy tuzlar);
Qoraqalpogʻiston Res. (73,5 ming doll., sut mahsulotlari, baliq);
Surxondaryo (72,3 ming doll., asosan sitrus mevalar, yongʻoq, konservalangan dengiz mahsulotlari, un);
Buxoro (13,7 ming doll., quritilgan meva sabzavotlar);
Qashqadaryo (11,2 ming doll., asosan sitrus mevalar).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

