Markaziy bozorlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari eʼlon qilindi
Qoʻy goʻshtining minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 39 000 soʻm etib roʻyxatga olingan.

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan, mamlakatimizning hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida, 2020 yil 17mart kuni oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.
Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg. mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (37 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (60 000 soʻm).
Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (70 000 soʻm) kuzatildi
Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (1 200 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 000 soʻm) qayd etildi.
Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (1 000 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (4 000 soʻm).
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziqovqat bozori” va “Markaziy dehqon oziqovqat bozori”da (5 00 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 soʻm) kuzatildi.
Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da qayd etildi (4 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 soʻm).
Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus” navli guruch 3 800 soʻm). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).
Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 000 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 13 500 soʻm) kuzatildi.
Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 500 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 500 soʻm) kuzatildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

