| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi1 113 marta oʻqildi

COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga taʼsiri: soʻrovnoma natijalari

Soʻrovda ishtirok etgan iqtisodchilarning yarmidan koʻpi (56%) koronavirusning jahon iqtisodiyotiga 2020 yildan keyin ham taʼsiri boʻlishi taxmin qilishmoqda.

COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga taʼsiri: soʻrovnoma natijalari

Bugungi kunga kelib, butun dunyoda koronavirus bilan zararlangan aholi soni 500 mingdan oshdi, ularning toʻrtdan bir qismi sogʻaygan bemorlar qatorida, 23 mingdan ortiq oʻlim holatlari qayd etilgan. Soʻnggi bir hafta-oʻn kun davomida jahonda ushbu virusga chalinganlar soni kuniga 30-50 ming nafar kishiga oshmoqda. Dunyoning koʻplab mamlakatlarida favqulodda vaziyat va karantin tartibi joriy qilingan, ularning soni kun sayin oʻsib bormoqda. Davlatlararo fuqarolar harakatlanishini cheklanishi, taʼlim, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida karantin holatining joriy qilinishi hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham korxonalarning qisman karantin holatida faoliyat yuritishi koronavirusning jahon iqtisodiyotiga taʼsirini kuchaytirmoqda.

Kuni kecha dunyoning yetakchi tahliliy kompaniyalaridan biri FocusEconomics koronavirusning jahon iqtisodiyotiga taʼsiri va uning moliyaviy oqibatlari boʻyicha ekspertlar orasida oʻtkazilgan navbatdagi soʻrov natijalarini eʼlon qildi. Mazkur soʻrovnomada butun dunyo boʻylab 71 ta yetakchi iqtisodchi va moliyaviy tahlilchilar ishtirok etgan. Bu soʻrovnoma joriy yilning 25 fevralidan boshlab oʻtkazib kelinmoqda. 25 mart kuni eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, avvalgi soʻrov natijalariga nisbatan, iqtisodchilar global iqtisodiy prognozlarini yanada pasaytirishgan va jahon iqtisodiyoti tiklanishini sekin surʼatlarda boʻlishini kutmoqdalar:

  • ekspertlar COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga taʼsiri bundan bir hafta oldin taxmin qilinganidan ham ogʻirroq boʻlishini taʼkidlashgan. 71 ta ekspertning 58 foizi 2020 yilda global YaIMning oʻsishini 2 foizli punkt va undan koʻproq miqdorda kamayishini, ularning toʻrtdan bir qismi esa bu koʻrsatkichni 3 foizli punktdan koʻproq miqdorda kamayishini prognoz qilishmoqda.

  • soʻrovda ishtirok etgan iqtisodchilarning yarmidan koʻpi (56%) koronavirusning jahon iqtisodiyotiga 2020 yildan keyin ham taʼsiri boʻlishi taxmin qilishmoqda.

  • soʻrovda qatnashgan ekspertlarning barchasi kelgusi 12 oy ichida jahon iqtisodiyotida retsessiyani deyarli muqarrar deb baholadi. Ularning fikriga koʻra, retsessiya kamida 2 chorak davom etadi.

  • koʻpchilik iqtisodchilar bugungi kunda koronavirusning salbiy iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishda joriy qilinayotgan chora-tadbirlar va moliyaviy stimullarni yetarli emas deb hisoblaydilar.

  • jahon iqtisodiyotida kutilayotgan retsessiya global iqtisodiy inqirozga olib keladimi yoki yoʻq, degan masalada ekspertlar fikri ikkiga boʻlindi: ularning bir qismi dunyo boʻylab misli koʻrilmagan koʻlamda korxonalar faoliyatining vaqtincha toʻxtatilishi va yuqori darajadagi qarzlar miqdori moliyaviy inqirozga sezilarli turtki boʻlishini taxmin qilishsa, boshqalari faol joriy qilinayotgan chora-tadbirlar va moliyaviy stimullar bunday global inqirozning oldini olishini taʼkidlashgan. Aksariyat ekspertlarning fikriga koʻra, bu masalada joriy qilinayotgan iqtisodiy stimullarning samaradorligi va pandemiyaning davomiyligi asosiy omillar boʻlib qoladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ