Oʻzbekiston dehqon bozorlaridagi narx-navo maʼlum qilindi
Mol goʻshti 37 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg), kartoshka 2 500 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg) sotilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasiga koʻra, yurtimizdagi markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari (24.03.2020 holati boʻyicha) quyidagicha:
Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 37 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg)
1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (37 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan (60 000 soʻm).
Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 70 000 soʻmgacha (kg)
Toshkent shahrining «Qoʻyliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (70 000 soʻm) kuzatilgan.
Kartoshka 2 500 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg)
Kartoshkaning minimal narxi Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori", «Damariq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (2 500 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 000 soʻm) qayd etilgan.
Piyoz 1 000 soʻmdan 4 000 soʻmgacha (kg)
Piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da (1 000 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narxi esa, Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan (4 000 soʻm).
Sabzi 500 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (500 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (5 000 soʻm) kuzatilgan.
Tuxum 4 000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha (10 dona)
Tuxum mahsulotining minimal narxi Yangiyoʻl shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qoʻyliq dehqon bozori»da qayd etilgan (10 tasi 4 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatilgan (10 000 soʻm).
Guruch 3 800 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)
Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da roʻyxatga olingan («Nukus» navli guruch 3 800 soʻm). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 soʻm).
Oʻsimlik yogʻi 8 000 soʻmdan 13 500 soʻmgacha (litr)
Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining minimal narxi Toshkent shahrining «Qoʻyliq dehqon bozori»da (mahalliy paxta yogʻi 8 000 soʻm) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Eski joʻva dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qoʻyliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yogʻi 13 500 soʻm) qayd etilgan.
Shakar 5 500 soʻmdan 6 500 soʻmgacha (kg)
Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski joʻva dehqon bozori» va «Qoʻyliq dehqon bozori»da (5 500 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 500 soʻm) kuzatilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

