Yevropa Markaziy Banki aktivlarni sotib olish dasturini eʼlon qildi
Yevropa Markaziy Banki COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli aktivlarni sotib olish dasturini ishga tushirdi. Yevropa fond indekslari ushbu xabarga oʻsish bilan javob berdi, ammo tahlilchilar ijobiy taʼsir qisqa muddatli boʻlishidan qoʻrqishmoqda.
Yevropa Markaziy Banki aktivlarni sotib olish dasturini eʼlon qildi. Bank 750 milliard yevro qiymatidagi obligatsiyalarni sotib olish niyatida.
Yevropa Ittifoqi COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozni bartaraf etish uchun keng koʻlamli monetar choralarini eʼlon qilishdi. Yevropa Markaziy banki biznesni kreditlashni qoʻllab-quvvatlash va bozorlarni likvidligini taʼminlash uchun moʻljallangan 750 milliard yevro miqdoridagi aktivlarni qaytarib sotib olish dasturini joriy etdi. Yevropa fond indekslari ushbu xabarga oʻsish bilan javob berdi, ammo tahlilchilar ijobiy taʼsir qisqa muddatli boʻlishidan qoʻrqishmoqda.
Pandemiya favqulodda sotib olish dasturi (PEPP) doirasida YEMB davlat va xususiy korxonalardan, shu jumladan yevro hududidagi milliy banklar orqali qimmatli qogʻozlar va qarzlarni sotib oladi.
PEPP dasturi 2020 yil oxirigacha amalda boʻladi. U yevro hududi iqtisodiyotini, moliyaviy
bozorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga likvidlik va qarz mablagʻlari bilan taʼminlash, kredit berish va biznesni qayta moliyalashtirishni ragʻbatlantirish uchun moʻljallangan.
YEMB ning rasmiy bayonotidan soʻng uning rahbari Kristin Lagard oʻzining Twitter-dagi akkauntida kayd etdi: «Favqulodda vaqtlar favqulodda harakatlarni talab qiladi. Biz yevroni toʻliq va hech qanday cheklovlarsiz qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz va mavjud vakolatlarimiz doirasida barcha imkoniyatlaridan foydalanishga tayyormiz ” .
Bunday keng koʻlamli inqirozga qarshi choralarni tahlilchilar koʻpincha “bazuka” deb nomlanishadi, yani bitta kuchli zarbada jiddiy muammoga chek qoʻyish maʼnosida.
Shu kunlarda Donald Trump maʼmuriyati shu kabi “bazuka” – iqtisodiyot, biznes va oddiy fuqarolarga umumiy qiymati 1 trln. dollargacha – yordam haqida eʼlon qildi.
Birinchi kun investorlarning munosabati ijobiy boʻldi, ammo ertasi kuni AQSH bozorlari yana tushib ketdi va indekslarning 7% pasayishi sababli savdo vaqtincha toʻxtatildi. Payshanba kuni ertalab, savdo ochilishida, Yevropa bozorlari YEMB tomonidan 1-3% oʻsishi bilan yordam dasturiga javob berdi.
Biroq, tahlilchilar Yevroittifoq markaziy bankining 750 milliard yevro yordam paketi bozorlarga qisqa muddatli ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, deb taxmin qilmoqdalar.
“Yevropa hukumati tomonidan likvidlik taklifi Osiyodagi yertalabki savdoni qoʻllab-quvvatladi, ammo bu uzoq davom yetmadi. Koronavirus qoʻrquvi qachon tugashini hech kim bilmaydi, garchi bu oddiy shamollashning jiddiyroq shakli boʻlsa ham “, deydi Ryuta Otsuka, Yaponiyaning ” Toyo Securities “sarmoyaviy kompaniyasi strategik tahlilchisi AFP bilan suhbatda.