| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi559 marta oʻqildi

Oʻzbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish koʻpaydi

Oʻzbekiston yanvar-fevral oylarida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 83,9 foizga koʻp yengil avtomobillar import qildi.

Oʻzbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish koʻpaydi

Oʻzbekiston yanvar-fevral oylarida 300,2 million dollarlik yengil avtomobillar import qildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 83,9 foizga koʻp. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar qilmoqda.

UzAuto Motors avtomobillar narxlari nima uchun koʻtarilganligiga izoh berdi

2020 yilning fevralida avtomobillar importi keskin qisqargan edi. Xususan, yanvar oyida Oʻzbekistonga import qilingan avtomobillarning qiymati 25,5 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2019 yil yanvar oyiga qaraganda 28,4 million dollarga kam.

Bunday keskin qisqarishga 2019 yilda narxi 40 ming dollardan ortiq boʻlgan avtomobillar importi uchun imtiyozlar amalda boʻlgani va 2020 yilning 1 yanvaridan mazkur imtiyozlarning bekor qilingani sabab boʻlgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ