1 yanvarga qadar tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatida soliq auditi oʻtkazish toʻxtatiladi
2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatida soliq auditi oʻtkazish toʻxtatiladi, jinoyat ishlari doirasidagi va yuridik shaxslarning tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq auditi bundan mustasno.

“Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2020 yil 1 apreldan jismoniy shaxslarning xayriya tashkilotlaridan oladigan moddiy mablagʻlari soliqdan ozod etiladi.
2020 yil 1 oktyabrga qadar:
tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanilishi toʻxtatib turiladi;
vaqtincha qiyinchilikka uchragan xoʻjalik subʼyektlariga mulk, yer soliqlari va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa penya hisoblash toʻxtatiladi, shuningdek soliq qarzdorligi boʻyicha majburiy undirish choralari koʻrilmaydi.
Shuningdek, 2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatida soliq auditi oʻtkazish toʻxtatiladi, jinoyat ishlari doirasidagi va yuridik shaxslarning tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq auditi bundan mustasno.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

