| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi122 marta oʻqildi

Timur Ishmetov tashqi qarzlarni jalb qilish uchun dastlabki muloqotlar boshlanganini maʼlum qildi

2020 yilda byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablagʻlarini jalb qilish choralari koʻriladi.

Timur Ishmetov tashqi qarzlarni jalb qilish uchun dastlabki muloqotlar boshlanganini maʼlum qildi

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur Ishmetov “Oʻzbekiston” telekanaliga bergan intervyusida xalqaro moliya tashkilotlari rivojlanayotgan davlatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlar ajratishi haqida aytib oʻtdi.

Bu mablagʻlar ishlab chiqarish, bandlikni taʼminlash, aholi farovonligini yaxshilashga qaratilgan siyosatni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

“Oʻzbekistonda soʻnggi uch yil davomida amalga oshirilayotgan beqiyos islohotlarning natijalarini butun dunyo koʻrib turibdi. Xalqaro moliya institutlari mazkur islohotlarni takror-takror eʼtirof etib kelmoqda. Bu islohotlar ana shu mablagʻlarning tezkorlik bilan jalb qilinishiga zamin yaratgan. Ayni kunlarda dastlabki muloqotni boshladik. Xalqaro moliya tashkilotlari vakillaridan biri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini shu kungacha dunyo mamlakatlari tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar orasida eng mukammali deb eʼtirof etdi.

Ularni ayniqsa, farmonning ijtimoiy himoyaga yoʻnaltirilgan qismi hayratga soldi. Xalqaro moliya tashkiloti vakillarining taʼkidlashicha, ular bu farmonni qisqa muddatda, 4-6 hafta ichida ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻning berilishiga kafolat deb hisoblashmoqda”, dedi moliya vaziri.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ