Oʻzbekistonda elektron pullarning muomalada boʻlishi qoidalarini ishlab chiqdi
Markaziy bank Oʻzbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalarini ishlab chiqdi. Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, internet orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Markaziy banki «Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qaror loyihasini ishlab chiqdi.
Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, internet orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi hisoblanadi. «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonunning 21-moddasida Oʻzbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari belgilangan.

Markaziy bank: Koronavirus sababli asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi
Shuningdek, Markaziy bank «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonunning kuchga kirishi munosabati bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritmoqda, jumladan, Markaziy bank boshqaruvining «Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori.
Qayd etilishicha, «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonun hamda yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizom qayta koʻrib chiqilib, yangi tahrirda ishlab chiqildi. Amaldagi nizomning tijorat bankining hisob-kitob cheklari va bank plastik kartalari bilan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi talablari chiqarib tashlandi. Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish tartiblariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Markaziy bank: Kreditning asosiy qarzini qaytarish muddati uzaytiriladi
Olingan kreditlar qaytarilishi uchun kafil boʻlgan subʼyektlardan qarzdorliklarni undirish maqsadida akseptsiz toʻlov talabnomasi, nafaqat kredit, balki unga hisoblangan foizlarni undirish uchun ham taqdim etilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

