Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi126 marta oʻqildi
Bojxona qoʻmitasi omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari haqida maʼlumot berdi
25 mart holatiga koʻra, bojxona omborlarida jami 45,9 mln. AQSh dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.
Joriy yilning 25 mart holatiga koʻra, bojxona omborlarida jami 45,9 mln. AQSh dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Ushbu mahsulotlar bojxona rasmiylashtiruvidan soʻng qisqa muddatlarda ichki bozorlarga yoʻnaltiriladi.
✅konservalangan sabzavotlar (710,7 tn, 830,8 ming doll.);
✅makaronlar (553,7 tn, 708,4 ming doll.);
✅banan (1,1 ming tn, 680,2 ming doll.);
✅bugʻdoy (80,7 ming tn, 15,7 mln. doll.);
✅sut mahsulotlari (463,1 tn, 625,7 ming doll.);
✅un mahsulotlari (vafli, pechene va x.z.) (257,1 tn, 537,2 ming doll.);
✅choy (59,2 tn, 304,7 ming doll.);
✅baliq (128,8 tn, 118,7 ming doll.).
Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 4,8 mln. dollar, hudud korxonalari boʻyicha 41,1 mln. dollarni tashkil etadi.