| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Germaniya Oʻzbekistonning YeOIIga integratsiya jarayonida ishtirok etishini ijobiy baholadi

Germaniya siyosatini shakllantiruvchi guruhlari fikriga koʻra, Oʻzbekistonning yangi hududiy siyosati, qarama-qarshiliklar tobora ortib borayotgan dunyoning boshqa davlatlari uchun “mayoq” va “juda yaxshi misol” boʻlishi mumkin.

Germaniya Oʻzbekistonning YeOIIga integratsiya jarayonida ishtirok etishini ijobiy baholadi

Oʻzbekistonning YeOIIga integratsiya jarayonida ishtirok etishi Germaniya tomonidan ijobiy baholandi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining oʻrinbosari U.Abidxadjayev ishtirokidagi Oʻzbekiston Respublikasining hukumat delegatsiyasi Berlin shahri (Germaniya)da tashrifi doirasida Germaniya iqtisodining Markaziy Osiyo qoʻmitasi direktori E.Kinsbruner hamda Fridrix Ebert fondi dasturi boshligʻi M.Yobelius hamda Tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash M.Shumannlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum boʻldi.

Ishtirokchilar Oʻzbekiston va YeOII hamkorligiga katta eʼtibor berib, ushbu iqtisodiy ittifoq bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyish Oʻzbekiston iqtisodining barqaror oʻsishi, energetik xavfsizlik, aholi farovonligi va transport-tranzit potensiali nuqtai nazaridan - obʼyektiv jarayon ekanligini aytib oʻtishdi.

Shu bilan birga Uchrashuvda har qanday davlatning integratsion jarayonlarda ishtirok etishi – bosqichma-bosqich boʻlishi kerakligi alohida qayd etildi va Oʻzbekistonning YeOIIda kuzatuvchi maqomida ishtirok etayotganini olqishlandi.

Germaniya siyosatini shakllantiruvchi guruhlari fikriga koʻra, Oʻzbekistonning yangi hududiy siyosati, qarama-qarshiliklar tobora ortib borayotgan dunyoning boshqa davlatlari uchun “mayoq” va “juda yaxshi misol” boʻlishi mumkin.

Shuningdek, Germaniya tomoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilayotgan siyosat koʻp qirrali ijobiy natijalar keltirayotganini qayd etdi. Bu borada Afgʻonistonni iqtisodiy hamkorlikka chorlash yoʻlida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar alohida olqishlandi. Berlin ushbu yoʻnalishda Oʻzbekistog fikrini toʻliq qoʻllab-quvvatlashi, Afgʻonistonda tinchlik – hududning transport salohiyatini oshirishi, iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiqni yangi darajaga koʻtarishi qayd etildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ