| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi242 marta oʻqildi

“Oʻzavtosanoat” joriy yildan boshlab yangi avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi

“Oʻzavtosanoat” va “Folksvagen Grup Rus” kelishuviga koʻra, 2020 yildan boshlab Jizzaxda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarila boshlaydi.

“Oʻzavtosanoat” joriy yildan boshlab yangi avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi

“Oʻzavtosanoat” va “Folksvagen Grup Rus” kelishuv imzoladilar. Uning doirasida “Jizzax” EIZda “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ bazasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etiladi. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati xabar qildi.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 000 dona avtomobilga teng boʻladi.

Zavod Volkswagen konsernining yoʻlovchi va yuk tashishga moʻljallangan bir necha modeldagi yengil tijorat avtomobillarini toʻliq sanoat turkumi boʻyicha ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

“Folksvagen Grup Rus” yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va jarayonlarini taqdim etadi, shuningdek, xodimlarni oʻqitishni amalga oshiradi. Zavod Volkswagen konsernining ishlab chiqarish, sifat, xaridlar, yetkazib berish va sotuv tizimlari boshqaruvi borasidagi zamonaviy standartlariga muvofiq ish yuritadi.

Shuningdek, korxona rejalariga mahalliy avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilarini (bugungi kunda ular “Oʻzavtosanoat” AJga tegishli 30 ta yirik zavod va 160 dan ziyod oʻrta hamda kichik korxonalardan iborat) jalb qilish orqali muayyan mahalliylashtirish darajasini taʼminlash ham kiradi.

“Oʻzbekiston avtomobil bozori joʻshqin rivojlanmoqda va barcha segmentlarda katta oʻsish salohiyatiga ega. Ham konsernimiz mahsuloti, ham dilerlik markazlaridagi yuksak xizmat koʻrsatish darajasi oʻzbek isteʼmolchilari tomonidan munosib baholanishiga aminmiz”, dedi "Folksvagen Grup Rus” bosh direktori Markus Ozegovich

Bitim doirasida tomonlar hamkorlikni 2020 yilda Volkswagen Caddy modelini ishlab chiqarish va sotish bilan boshlashga kelishib oldilar, u ikkita modifikatsiyada taklif etiladi: 7 oʻrinli yoʻlovchi universali va yuk furgoni. Ushbu model ham tijorat, ham oilaviy foydalanishga moʻljallangan. Avtomobil quvvati 110 o.k. va hajmi 1,6 litrli tejamkor benzinli dvigatel bilan jihozlanadi. Shahar sikli rejimida yoqilgʻi sarfi 100 km.ga 9,3 l., trassada – 100 km.ga 6,1 l.ga toʻgʻri keladi.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida kelajakda Volkswagen Group konsernining keng modellar qatoridan boshqa namunalarni ham ishlab chiqarish va keltirish imkoniyati koʻrib chiqiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ