| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Toshkentda Fransiyaning «Le Kordon Blyu» oliy maktabining filiali ochilishi mumkin

Oʻzbekiston va Fransiya Respublikalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik rivojlanib bormoqda. Shunday hamkorliklardan biri «Le Kordon Blyu» mehmonxonasi bilan yoʻlga qoʻyilmoqda.

Toshkentda Fransiyaning «Le Kordon Blyu» oliy maktabining filiali ochilishi mumkin

Toshkent shahar hokimi Fransiyaning «Le Kordon Blyu» mehmonxona servisi va kulinariya oliy maktabi Xodimlarni saralash va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Filipp Rosheron bilan uchrashdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Fransiya Respublikalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar, taʼlim va turizm sohalardagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari haqida soʻz yuritildi.

Filipp Rosheron Oʻzbekiston iqtisodiyotida va turli sohalarda yuksalish kuzatilayotganini eʼtirof etdi. Aynan ularning oliy maktabi bitiruvchilari orasida toshkentlik Diyora Karimova boʻlganligini, bu qiz oʻqishni tugatib qaytgach, poytaxtda ikkita va Rossiyada 1 ta kafe ochib, biznesni muvaffaqiyatli yuritayotganligini maʼlum qildi hamda Oʻzbekiston va Toshkentda bunday yoshlar koʻp ekanligiga ishonch bildirdi.

Hozirda dunyoning 20 ta davlatida 125 yillik tarixga ega «Le Kordon Blyu» mehmonxona servisi va kulinariya oliy maktabi bilan hamkorlikda institutlar ochilgan. Ularda asosan texnik(oshxonada ishlash, novvoylik, qandolatchilik), ishbilarmonlik, mehmonxona biznesi va jamoa boshqaruvi kabi yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlanishini, taʼlim magistrlar uchun 1 yillik, bakalavrlarga 3 yillik dasturlarda olib boriladi.

Toshkent shahar hokimi mazkur oliy maktab bilan xizmat koʻrsatish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlash va kelgusida «Le Kordon Blyu» oliy maktabining filialini Toshkentda ochish yuzasidan muzokaralarga tayyorligini bildirdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ