| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi94 marta oʻqildi

Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 80 foizgacha qisqaradi

Iqtisodiyotda davlat ishtiroki xususiy sektorda muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda kamaytiriladi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 80 foizgacha qisqaradi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, mavjud korxonalarni tubdan isloh qilish va ular faoliyatiga korporativ boshqaruv usullarini joriy etish toʻgʻrisidagi farmon loyihasi tayyorlangan. Ushbu farmon bilan Davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish, ularni boshqarish va isloh qilish Strategiyasi ham tasdiqlanadi. Bu haqda Davaktiv matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Shuningdek, Mamlakatimiz tarixidagi eng yirik xususiylashtirish dasturi va Korxonalarda korporativ boshqaruvni joriy etish boʻyicha muhim qarorlar loyihalari tayyorlanib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Hujjatlarga koʻra, iqtisodiyotda davlat ishtiroki xususiy sektorda muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda kamaytiriladi. Natijada davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 80 foizgacha qisqaradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ