Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri: Oʻzbekiston uchun xulosa va tavsiyalar
COVID-19 epidemiyasi iqtisodiyotning barcha sohalariga salbiy taʼsir qiladi, deydi ekspert Sergey Voronin

2020 yil oxiriga qadar koronavirus epidemiyasi sababli Xitoy va boshqa davlatlar bilan oʻzaro savdoning qisqarishi tufayli Oʻzbekiston iqtisodiyoti 960 million AQSh dollaridan koʻproq zarar koʻrishi mumkin.
Mamlakat byudjeti bir necha jihatdan zarar koʻrishi mumkin. Xususan, importga qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tushumlar 2,9% dan 1,5% gacha, bojxona toʻlovlari 0,4% dan 0,2% gacha, aksiz soligʻi boʻyicha esa 0,1% dan 0,05%ga tushishi mumkin. 2019 yilda mazkur toʻlovlar asosida respublika yalpi ichki mahsuloti 58,3 milliard dollarni tashkil etgan. Mana shu natijaga tayanib hisob-kitob qilinsa, yoʻqotishlar 960 million dollardan oshadi.
Oʻtgan yili Xitoy Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkoriga aylanib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 18% ni tashkil etgan edi. Tovarlar almashinuvi esa 7,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston energiya vositalari va neft mahsulotlari, toʻqimachilik mahsulotlarini Xitoyga eksport qiladi, mashina hamda uskunalarni, kimyo sanoati mahsulotlarini import qiladi. Ushbu holatda esa COVID-19 epidemiyasi iqtisodiyotning barcha sohalariga salbiy taʼsir qiladi.
Xususan, ishlab chiqarish jarayonidagi salbiy taʼsirlardan biri sanoat korxonalariga xom ashyo va asbob-uskunalarni asosiy yetkazib berishda Xitoy ulushining kamayishi boʻladi.
Shuningdek, mazkur vaziyat tadbirkorlik sohasiga ham salbiy taʼsiri oʻtkazadi. Oʻtgan yilning oʻzida Oʻzbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 531 ta korxona tashkil etilgan edi. Joriy yilda esa ushbu koʻrsatkichga erishib boʻlmaydi.
Xitoylik sayyohlar sonining kamayishi esa turizm sohasiga salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi.
Soliq toʻlovchi katta korxonalarga soliqlar boʻyicha prognozlarni qayta koʻrib chiqish, ushbu rejalarni bajarish uchun davlat tomonidan ularga qanday yordam talab etilishini koʻrsatish tavsiya qilinadi.
BMT Taraqqiyot dasturi eksperti, iqtisod fanlari doktori
Sergey Voronin
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

