| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi4 569 marta oʻqildi

1 iyuldan Oʻzbekistondagi barcha yangi qurilgan uylar narxi oshadi

15 foiz QQS miqdori respublikadagi barcha yangi qurilgan uylarga taʼsir qiladi. Toshkent shahrida QQS qoʻshilganda uylarning har bir metr kvadratining narxi oʻrtacha 600 ming soʻmga oshadi.

1 iyuldan Oʻzbekistondagi barcha yangi qurilgan uylar narxi oshadi

Uy -joylar narxlari oshib ketishining oldini olish uchun fuqarolardan sotib olingan kvartirani qisqa muddatda oʻz nomlariga oʻtkazib olishlari soʻralmoqda. Bu haqda “Oʻzshahar qurilish invest” IK axborot xizmati xabar qildi.

2019 yillarda qurilgan uylar bank krediti mablagʻlari hisobiga qurilganligi bois, hisoblangan foizlar uy joy narxiga qoʻshib boriladi. Shu bois uy -joylar narxlari oshib ketishining oldini olish uchun fuqarolardan sotib olingan kvartirani qisqa muddatda oʻz nomlariga oʻtkazib olishlari soʻralmoqda.

Agar fuqarolar 1 iyunga qadar uy-joyni oʻz nomlariga rasmiylashtirishmasa, mazkur foiz toʻloviga QQS ham qoʻshiladi. Shuningdek, 15 foiz qoʻshiladigan QQS miqdori respublikadagi barcha yangi qurilgan uylarga taʼsir qiladi.

"Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar “Oʻzshahar qurilish invest” IKning mulki hisoblanadi. Shu sabab ularning narxiga QQS qiymati qoʻshiladi", deydi "Oʻzshahar qurilish invest" IK Uy- joylarni rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Laziz Umarov.

Bugungi kun holatida "Oʻzshahar qurilish invest" hisobida fuqarolar nomiga rasmiylashtirilmagan uylar soni quyidagicha:

  • 2017 yilda qurilgan 7 919 ta xonadonlardan 20 tasi;

  • 2018 yilda qurilgan 16 352 ta xonadonlardan 918 tasi;

  • 2019 yilda qurilgan 17 587 ta xonadonlardan 8 468 tasi;

Toshkent shahrida QQS qoʻshilganda uylarning har bir metr kvadratining narxi oʻrtacha 600 ming soʻmga oshadi.

"Oʻz nomiga rasmiylashtirilmagan xonadonlar “Oʻzshahar qurilish invest” mulki hisoblangandan keyin, xonadon sohiblari uchun bugungi kunda kreditning oylik foiz toʻlovlarini bizning tashkilot toʻlab kelmoqda. Yanada aniqroq aytganda, deylik, fuqaro unga hokimiyat tomonidan biriktirilgan xonadonni oʻz vaqtida nomiga rasmiylashtirib olmadi. Oradan bir yoki ikki yil oʻtib xonadon sohibi uyni oʻz nomiga rasmiylashtirganda tashkilot toʻlab kelgan kredit toʻlovi ham avtomatik tarzda fuqaroning oyma-oy toʻlashi lozim boʻlgan foiz miqdoriga qoʻshib xisoblanadi. Bunday hisob-kitob esa oʻz-oʻzidan fuqaroga qoʻshimcha xarajatni yuzaga keltiradi. Agar fuqarolar 1 iyunga qadar uy-joyni oʻz nomlariga rasmiylashtirishmasa, mazkur foiz toʻloviga QQS ham qoʻshiladi. Anglaganingizdek, bir biriga uzviy bogʻliq. Shuning uchun rasmiylatishtirish jarayonida narxlar borasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun fuqarolarni ogohlantirib qoʻydik", deyiladi xabarda.

Respublikadagi barcha yangi qurilgan uylarda narxlar koʻtariladimi?

Ha, 15 foiz QQS miqdori respublikadagi barcha yangi qurilgan uylarga taʼsir qiladi. Toshkent shahrida esa ayni paytdagi narxlar va QQS bilan hisoblangan mikdorlar quyidagicha:

  • 1 m2 oʻrtacha 3 980 000 soʻmlik uy-joylarda QQS bilan 4 577 000 soʻmni (QQS 597 000 soʻm);

  • 1 m2 oʻrtacha 4 100 000 soʻmlik uy-joylarda QQS bilan 4 715 000 soʻmni (QQS 615 000 soʻm);

  • 1 m2 oʻrtacha 4 330 000 soʻmlik uy-joylarda QQS bilan 4 979 500 soʻmni (QQS 649 500 soʻm);

  • 1 m2 oʻrtacha 4 160 000 soʻmlik uy-joylarda QQS bilan 4 784 000 soʻmni (QQS 624 000 soʻm) tashkil qiladi.

Maʼlumot uchun, Prezident farmoni bilan “Oʻzshahar qurilish invest” IKga 2020 yil 1 iyulgacha berilgan imtiyozlar 2017-2019 yil dasturlari boʻyicha qurilgan uy-joylarga nisbatan keltirilgan. 2020 yil dasturi doirasida qurilayotgan uy-joylar uchun yuqoridagi imtiyozlar tadbiq etilmaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ