| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi129 marta oʻqildi

Markaziy bank: Naqd pulsiz hisob-kitoblarni koʻpayishiga olib yagona vositachilik haqi joriy etiladi

2 martdan boshlab barcha savdo va xizmat koʻrsatish subʼyektlari uchun oʻrnatilgan toʻlov terminallari infratuzilmasida savdo tushumining 0,2 foizi miqdorida vositachilik haqi kiritilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Markaziy bank: Naqd pulsiz hisob-kitoblarni koʻpayishiga olib yagona vositachilik haqi joriy etiladi

Bank kartalari orqali toʻlovlar amalga oshirilishida xalqaro tajriba boʻyicha vositachilik haqi, qoida tariqasida, bank kartasi saqlovchisidan (egasidan) emas, toʻlovlarni qabul qiluvchi savdo va xizmat koʻrsatish subʼyektlaridan olinadi. Ushbu vositachilik haqi banklarga toʻlov infratuzilmasiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash va banklararo vositachilik haqini toʻlash imkonini beradi.

Hozirda xorijiy davlatlarda bank vositachilik haqining miqdori toʻlov vositalarining turlariga (debet/kredit kartalari, internet orqali onlayn toʻlovlar va h.k.), subʼyektlarning faoliyat turiga (davlat tashkilotlari, supermarketlar, aviakassalar, mehmonxonalar, restoranlar, dorixonalar) bogʻliq boʻlib, odatda 1 foizdan 3 foizgacha belgilanadi.

Oʻz navbatida, toʻlov tizimlariga bepul xizmat koʻrsatilishi xalqaro standartlar talablariga mos kelmaydi, shuningdek, toʻlov xizmatlari va toʻlov infratuzilmasini rivojlantirishni, yangi toʻlov mahsulotlariga investitsiya kiritishni ragʻbatlantirmaydi.

Shu munosabat bilan xalqaro tajribadan kelib chiqib, bank xizmatlarini bozor mexanizmlariga oʻtkazish maqsadida tijorat banklari va toʻlov tizimlari operatorlari bilan kelishilgan holda, 2020 yil 2 martdan boshlab mamlakatning barcha savdo va xizmat koʻrsatish subʼyektlari uchun oʻrnatilgan toʻlov terminallari infratuzilmasida savdo tushumining 0,2 foizi miqdorida vositachilik haqi kiritilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Bu tadbir bir tomondan toʻlov infratuzilmasini rivojlantirish uchun xarajatlarni qisman qoplashga, boshqa tomondan bank kartalari yordamida toʻlovlarni muntazam amalga oshiruvchi mijozlarga turli bonus, diskont va ragʻbatlantiruvchi dasturlarni (keshbeklar) taklif qilishga imkoniyat yaratadi, pirovard natijada esa, naqd pulsiz hisob-kitoblarni koʻpayishiga olib keladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ