Rossiyaning “Alfa-Bank” banki Oʻzbekistonning “Asaka” banki uchun kredit ajratdi
Rossiyaning “Alfa-Bank” banki Oʻzbekistonning “Asaka” banki uchun 12 va 18 oylik transhlar shaklida kredit ajratdi.

Rossiyaning “Alfa-Bank” banki Oʻzbekistonning “Asaka” banki uchun 100 million yevro miqdorida sindikatlashtirilgan kredit ajratdi. Bu haqda Rossiya banki matbuot xizmati xabar qilgan.
Mablagʻlar 12 va 18 oylik transhlar shaklida berilgan. Investorlar tomonidan talab qarz oluvchining qarzga boʻlgan ehtiyojidan sezilarli darajada oshadi va 135 million yevroga etadi.
“Alfa-bank” korporativ va investitsion biznesi direktori Andrey Chulakning soʻzlariga koʻra, debyut bitimning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi investorlarning Oʻzbekiston bozorining yuqori sifatli qarz oluvchilariga boʻlgan qiziqishini namoyish etadi.
“Jalb qilingan mablagʻlar “Asaka” bankiga kredit portfelini oshirish, yuqori sifatli chakana moliyaviy xizmatlarni ommalashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston iqtisodiyotining strategik sohalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bitim yangi qarz olish uchun imkoniyatlarni ochib beradi”, deydi "Asaka" banki raisi oʻrinbosari Boboxon Abdullayev.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

