Oʻzbekiston va Qozogʻiston 500 million dollar boʻlgan shartnomani imzoladi
Urganch shahrida boʻlib oʻtgan II hududlararo forumda Qozogʻiston va Oʻzbekiston vakillari umumiy qiymati 500 million dollar boʻlgan 52 ta shartnomani imzolagan.

Urganch shahrida boʻlib oʻtgan II hududlararo forumda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin uchrashib kelgusida ham savdo-iqtisodiy, investitsion, qishloq xoʻjaligi, tranzit-transport, suv-energetika, toʻqimachilik, mashinasozlik, turizm va ekologiya sohalarida ikki taraflama hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalar boʻyicha aloqalar oʻrnatishga kelishib olishdi. Bu haqda Qozogʻiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar qilgan.
Oʻzaro savdo hajmini 10 mlrdga yetkazilishi rejalashtirilmoqda
“Bizning asosiy maqsadimiz – oʻzaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish, yaqin kelajakda esa 10 milliard dollarga. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 872ta korxona Qozogʻiston sarmoyasi ishtirokida barpo etilgan, ulardan faqat 300 tasi oʻtgan yil davomida tashkil topgan", dedi Abdulla Aripov.
Transkaspiy transport koridorlari rivojlantirilishi mumkin
Qozogʻiston bosh vaziri ikki davlat korxonalari ishtirokida yengil sanoat klasterini tashkil qilishni, birgalikda turizm yoʻnalishlarini rivojlantirishni taklif etdi.
“Qozogʻiston uchun sizning mamlakatingiz bu – Janubiy Osiyoga chiqish yoʻli boʻlsa, Oʻzbekiston uchun bizning hudud – YEOII, Kavkaz, Yevropa hamda Janubiy-Sharqiy Osiyo hududlariga chiqish imkoniyatidir”, dedi Qozogʻiston bosh vaziri Askar Mamin.
Shuningdek Mamin “Shimol – Janub” va Transkaspiy transport koridorlarini rivojlantirish kerakligini taʼkidladi.
Forum yakunida ikki davlat vakillari iqtisodiy hamkorlikni oʻz ichiga olgan umumiy qiymati 500 million dollar boʻlgan 52 ta shartnoma imzolashdi. Forumda shuningdek, B2B formatidagi uchrashuvlar hamda korxonalarga oʻz mahsulotlarini namoyish etish imkoni berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

