| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

“Toshkent-Kiyev” avia va "Toshkent-Xarkov" temir yoʻl qatnovi tiklanishi mumkin

Oʻzbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.

“Toshkent-Kiyev” avia va "Toshkent-Xarkov"  temir yoʻl qatnovi tiklanishi mumkin

Kiev shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovini hamda "Toshkent-Xarkov-Toshkent" temir yoʻl liniyasini tiklash masalasi koʻrib chiqildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Forum doirasida joriy yilning bahorida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Oʻzbekiston-Ukraina hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar ham ishlab chiqilgan va boʻlajak tadbir kun tartibiga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingan.

Shuningdek, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, bojxona va tariflarni tartibga solish, veterinariya-sanitariya talablarini va oʻsimliklar karantinini uygʻunlashtirish borasida oʻzaro munosabatlar sohalarida masalalarni hal etish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ