Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida YuNKTAD / JST xalqaro savdo markazi vakolatxonasi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi
Uchrashuv davomida XSM missiyasi vakillari JSTga aʼzo boʻlish uchun Oʻzbekistonga zarur texnik yordam koʻrsatish boʻyicha kelishuvni toʻliq amalga oshirishga tayyor ekanliklarini taʼkidladi.

Joriy yilning 25 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida YuNKTAD / JST xalqaro savdo markazi (XSM) missiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va biznesni rivojlantirish boʻlimining katta maslahatchisi janob Muhammad Said, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha dastur koordinatori janob A. Zagranyan va savdo tartiblarini soddalashtirish boʻyicha maslahatchi janob P. Bantonu ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: YuNKTAD/JST xalqaro savdo markazi 1964 yilda tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitim (GATT) ga koʻra, eksportni rivojlantirish sohasida savdo-sotiq boʻyicha axboroti va maslahat xizmatlarini koʻrsatish uchun tashkil etilgan.
XSM BMT tizimining hukumatlararo tashkilot boʻlib, bir vaqtning oʻzida YuNKTAD va JSTga hisobotdordir. XSM vakolati doirasi rivojlanayotgan mamlakatlar va xalqaro savdo sohasida oʻtish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarga texnik yordam koʻrsatib boradi.

XSM delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi joriy yilning 28 fevraliga qadar rejalashtirilgan. Missiyaning asosiy maqsadi, manfaatdor tomonlar bilan Jahon savdo tashkilotiga taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda Hukumat vakillariga maslahat berishdan iborat.
Markaz direktori Obid Hakimov mehmonlarni qutlar ekan, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayogan keng koʻlamli islohotlar va istiqboldagi rejalar haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, Davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston Oliy Majlisiga (parlamentga) yoʻllagan murojaatnomasining asosiy qoidalarini tashrif buyuruvchilarga yetkazdi.
O. Hakimov markaz tomonidan Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga aʼzoligi natijalari tahlili olib borilganligi haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishining iqtisodiyot tarmoqlariga taʼsiri boʻyicha shunga oʻxshash tadqiqotlar olib borayotganini, uning natijalari yaqin orada taqdim etilishini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida XSM missiyasi vakillari JSTga aʼzo boʻlish uchun Oʻzbekistonga zarur texnik yordam koʻrsatish boʻyicha kelishuvni toʻliq amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Xususan, ekspertlar bu yil Xalqaro savdo markazining tartibga soluvchilar, davlat sektori va biznes hamjamiyatini jalb etgan holda 5 yil muddatga BMT va JST tomonidan moliyalashtiriladigan ikkita yirik loyihani ishga tushirganini taʼkidlashdi.
Birinchi loyiha – milliy darajada (Oʻzbekiston milliy loyihasi) Oʻzbekistonning JSTga kirishiga texnik koʻmak berishga qaratilgan. Mazkur loyihada Oʻzbekistonning JSTga kirish boʻyicha muzokaralar jarayoniga jalb etilgan milliy vazirlik va idoralarning institutsional salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ikkinchi loyiha – mintaqaviy darajada (Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy loyihasi) boʻlib, Markaziy Osiyo mamlakatlari – Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston oʻrtasidagi savdo tartib-taomillarini soddalashtirishga yoʻnaltirilgan. Ushbu loyihada asosiy eʼtibor savdo siyosatining tarifsiz choralarini kamaytirishga, Markaziy Osiyo mamlakatlarida milliy va mintaqaviy darajada savdo tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan. Bu kelgusida MOda mintaqalararo savdoni soddalashtirishga olib keladi va oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻzaro savdolarida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan tovarlar ulushini oshiradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishining iqtisodiyot tarmoqlariga taʼsiri boʻyicha va qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan ishlash xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

